Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Bo\'riyeva Zebiniso

2.3-
§
. Depressiya va uni profilaktika qilishda art terapiya. 
Barchamiz ba’zida qayg‘uga botib qolamiz va o‘zimiz qozongan g‘alabalarga 
shubha qilamiz. Kelajakda bizni yaxshi kunlar kutayotganidan umidimizni uzamiz. 
Bunday damlarda biz «depressiyadan aziyat chekayotgan bo‘lsak kerak,” deb 
taxmin qilamiz. Ammo vaqt o‘tishi bilan hammasi yaxshilanadi va kayfiyatimiz 
yana o‘z maromiga qaytadi. Dunyo bizga yana bir bor o‘z rang barangligi bilan 
kulib boqadi va kuch quvvat bizga qaytadi. Biz o‘z o‘zimizni depressiyadan 
qutqardik, bu esa maqtovga loyiq, shunday emasmi? Bizning nazdimizda bu 
«kasal”dan jabrlanganlarning aksariyati to‘shakda yotib nolishdan va 


43 
antidepressant ichishdan boshqa narsaga yaramaydigan dangasalardir. Bundan 
tashqari ular “shunchaki o‘zlarida iroda va qat’iyat bo‘lmagan zaif odamlar bo‘lsa 
kerak,»-deb o‘ylaymiz. “Depressiyani yengish juda oson, inson o‘z irodasini 
qo‘lga olsa bas» deb fikr yuritamiz. 
Ammo, aslini olganda, ruhiy tushkunlikning bunday turini yengib o‘tish 
shunchalik osonmi? Albatta yo‘q. Haqiqat, har doimgidek, birinchi qarashda 
ko‘ringaniga qaraganda ancha murakkabroq. 
Depressiya ko‘pchilik tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi va e’tiborga loyiq 
tashxis sifatida qaralmaydi. Hamma gap shundaki, bizning ongimiz uchun bu so‘z 
shunchaki yomon kayfiyat bilan bog‘liq bo‘lib qolgan. Ko‘pchilikning fikriga 
ko‘ra: «agar kimdir xafa bo‘lsa bu uning mas’uliyatsizligi uchun bahona bo‘la 
olmaydi». Albatta, bu gaplar qaysidir ma’noda rostdir. 
«Depressiya o‘zi nima?» degan savolga javob olishga harakat qilamiz. 
Amerikadagi “ National Institute of Mental Health » massasining ta’rifiga ko‘ra: 
Depressiya (asosiy depressiv kasallik yoki klinik depressiya) keng tarqalgan 
tashxis bo‘lib, jiddiy tus olgan kayfiyatning buzilishidir. Bu holat sizning 
hissiyotlaringiz, fikrlash qobiliyatingiz, uxlash, ovqatlanish yoki ishlash kabi 
kundalik harakatlaringizga ta’sir qiladigan o‘zgarishlarga olib keladi. Depressiya 
tashxisini qo‘yish uchun, ushbu alomatlar kamida ikki hafta davomida 
kuzatilayotgan bo‘lishi kerak. 
Ya’ni depressiyaning oddiy kayfiyat buzilishi va vaqtinchalik mahzunlikdan 
farqi katta. Vaqti-vaqti bilan xafa bo‘lish inson hayotining bir qismidir. Bunday 
hollarda, qayg‘u hissi tezda o‘tib ketadi va siz kundalik hayotingizni avvalgidek 
davom ettirasiz. Depressiya dardiga chalingan insonlar esa kundalik vazifalarini 
to‘liq bajara olmaydilar. Ularning turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Shu holat 2 haftadan uzoq kuzatilayotgan bo‘lsa, ular shifokor tashxisi uchun 
moyil bo‘ladilar. Vaqt o‘tgan sari bemor o‘zini o‘zi qutqara olish ehtimoli juda 
qiyinlashadi. 


44 
Tibbiyot tarafidan qaraydigan bo‘lsak, depressiv spektrga kiradigan 
buzilishlarning ko‘rinishi va turlari juda ham ko‘pdir. Ko‘pincha klinik depressiya 
bilan yaqinlarni yo‘qotgandan keyin paydo bo‘ladigan g‘amlikni, kayfiyatsizlikni 
hayotning mazmunini surishtirishdan hosil bo‘ladigan ruhiy bezovtalik 
(ekzistensial inqiroz) bilan adashtiriladi. Bunday shikoyatlarning ayrimlari o‘zi 
o‘tib ketadigan holatdir, va boshqalari umuman kasallik hisoblanmaydi. Bu 
holatlarning ayrimlariga psixologik yordam kerak, ammo ularni klinik depressiya 
deb atab bo‘lmaydi. Chunki u hollarda bemorlar og‘ir aziyat chekmaydilar va 
ma’lum vaqtdan keyin o‘zlari yaxshilanadilar. 
Klinik turdagi depressiya kasalligini esa bir nechta xarakterli xususiyatlar 
bilan ajratib olish mumkin. Hissiy darajada bemor depressiyaning uch xususiyatini 
o‘zida his qiladi: o‘z o‘ziga bo‘lgan hurmatning o‘ta pastligi, boshqa odamlar 
haqida xira fikrlash va kelajakka katta umidsizlik bilan boqish. Bundan tashqari, 
bemor jismoniy jihatdan to‘liq holdan toyadi va o‘zida ijobiy his-tuyg‘ularni his 
qilish qobiliyatini umuman yo‘qotadi. Ya’ni xursand bo‘lish yoki ma’lum 
faoliyatdan zavq olish jarayoni keskin darajada qiyinlashadi. 
Muammo shundaki, hech qachon bunday holatga tushmagan inson depressiya 
bilan og‘rigan bemorning boshidan o‘tayotgan fojiani tushunmaydi va uning og‘ir 
holatini tasavvur ham qila olmaydi. 
Hozirda depressiya dunyoda eng keng tarqalgan ruhiy tashxislardan biri 
bo‘lib, unga har birimiz hayot davomida to‘qnashishimiz mumkin. Bundan kelib 
chiqib, depressiya haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish o‘zimiz va atrofdagilar 
uchun maqsadga muvofiqdir. Fursat kelganda yordamga muhtoj kimsaga yordam 
qo‘lini vaqtida cho‘za olishimiz juda muhim. Bu illat shunchaki «zaif irodaga ega 
bo‘lgan yangi yoshlar uchun zamonaviy tashxis turi,» -deb yondashish jamiyatda 
noto‘g‘ri stigmalarning rivojlanishiga olib keladi. Bemorga yordam berish o‘rniga 
uni sharmanda qilish, hech kimga foyda keltirmaydi. 
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, depressiv holatlar tibbiyotga Gippokrat 
davridan buyon ma’lum bo‘lgan. XX asrgacha ko‘p jihatdan zamonaviy tashxisni 


45 
eslatadigan — melanxoliya atamasi tibbiyotda keng qo‘llanilib kelgan. 
Melanxoliyaning birinchi ilmiy tadqiqotlari XVI asrda paydo bo‘lib, keyinchalik 
ushbu kasallikning yana bir muhim xususiyatini kashf etilgan. Melanxoliya uzoq 
vaqtlardan beri qirollarning kasalligi deya e’tirof etilgan. Nima uchun deysizmi? 
Birinchi tadqiqotchilar o‘zlari bilmagan holda kasallikning rivojlanishi uchun 
turtki bo‘ladigan ba’zi psixologik-sosial omillarni aniqlaganlar. Yolg‘izlik, barcha 
asosiy ehtiyojlarning qondirilganligi, og‘ir dindorlik, ko‘ngilochar hayot tarzi – 
bularning barchasi o‘sha davrda keng kuzatilgan melanxoliyaning doimiy hamrohi 
edi. Qo‘polroq qilib aytganda, «agar siz kuni bo‘yi oilangizni boqish tashvishi 
bilan band bo‘lmasangiz va barcha ehtiyojlaringiz qondirilgan bo‘lsa, u holda, siz 
abadiylik ustida bosh qotirib tushkunlikka tushishga moyil bo‘lasiz»- deb 
o‘ylashgan. 
Ammo hozirgi kunda shu aniq bo‘ldiki, depressiya kasalligi nafaqat 
rivojlangan davlatlarning ichida, balki rivojlanayotgan yoki kambag‘al davlatlarda 
yashaydigan fuqarolar orasida ham kuzatiladi. Bugun past va o‘rtacha daromadli 
mamlakatlarda ham depressiya kasalligi katta muammo bo‘lib, uning tarqalishi 
yuqori daromadli mamlakatlardan keskin farq qilmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo miqyosida turli yoshdagi 
246 millionga yaqin odam depressiya bilan kasallangan. 
Agar bu fenomenning jiddiyligini hali ham shubha ostiga olayotgan 
bo‘lsangiz, bilingki, ushbu tashxis haqqoniyligini miyaning magnit-rezonans 
tomografiyasida aniq ko‘rish mumkin. Bunday bemorlarning markaziy asab 
tizimida neyronlar orasida uzatiladigan signal bilan bog‘liq aniq muammolar 
kuzatiladi. 
O‘zimda bunday muammolar yo‘qmikan deb qiziqayotgan bo‘lsangiz, eng 
oddiy va eng mashhur depressiyani aniqlovchi 
ushbu so‘rovnomadan
 o‘tishingiz 
mumkin. Ushbu kasallikning boshlang‘ich bosqichida shifokor ko‘rigidan o‘tish 
ko‘proq samara beradi va holatingiz bundan-da keskinlashib ketishining oldini 
oladi. Axir bu kasallik nafaqat shaxsiy martaba va professional faoliyatni balki, 


46 
hayotingizni ham garovga qo‘yishga qodir. Afsuski, depressiyaning o‘ta og‘ir 
ko‘rinishi bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha o‘z jonlariga qasd qilish bilan 
yakunlaydilar. 
Shifokorlar depressiya tashxisini birinchi navbatda kasallikning alomatlari 
(simptomlari)ga qarab qo‘yishadi. Bunday simptomlarga olib keladigan sabablar 
turli-xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu kasallikning tasnifi bir-biridan keskin 
farq qiladi. Depressiyaning o‘nlab turlari mavjud. Eng keng tarqalganlari- asosiy 
depressiv buzilish, somatogen va formakogen turlari. 
Ushbu kasallikni yaxshi tushunib olishimiz uchun, eng oson va eng oddiy 
bo‘lgan — formakogen turi bilan tanishamiz. Ya’ni bunda tushkunlik ma’lum bir 
kimyoviy modda yoki dorini iste’mol qilgandan keyin kuzatiladi. Misol uchun 
Parkinson kasalligida qo‘llaniladigan mashhur levodopa yoki xolesterin miqdorini 
pasaytirish uchun ishlatiladigan statin dorilarida ushbu holatni kuzatishingiz 
mumkin. Depressiyaning ushbu ko‘rinishining yechimi nisbatan osonroq. Bemor 
dori iste’molini to‘xtatgach odatda bu holat o‘zi o‘tib ketadi. 
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki spirtli ichimliklar nafaqat jigar uchun balki, 
asab tizimi uchun ham zarardir. Spirtli ichimliklar nafaqat depressiyani 
qo‘zg‘atishi mumkin, balki bu ruhiy holatni yanada kuchaytirib yuboradi. Shunisi 
qiziqki, ba’zi bemorlar o‘z ahvollarini yengillashtirish uchun spirtli ichimliklardan 
foydalanadilar va natijada dardlarini yanayam og‘irlashtiradilar. 
Biz ko‘rib chiqadigan depressiyaning keyingi turi – somatogen. U ham asab 
tizimining buzilishi bilan bevosita bog‘liq emas va depressiyaning bunday 
ko‘rinishi boshqa organda muammo bo‘lganda uchraydi. Odatda bu turning eng 
keng tarqalgan ko‘rinishi gipoterioz, ya’ni qalqonsimon bez funksiyasining 
yetishmasligidan bo‘ladi. 
Agar qalqonsimon bezi yetishmovchiligiga chalingan odam o‘zini davolatish 
o‘rniga «shaxsiy rivojlanish va hayotdan zavq olish» treninglariga qatnaydigan 
bo‘lsa, ertaga uning ruhiy sog‘lig‘i qattiq ziyon ko‘rishi ehtimoli baland. 


47 
Ko‘p hollarda depressiyani doimiy bosh og‘rig‘i bilan taqqoslash mumkin. 
Ya’ni bu holatning og‘irligi bizga kundek ravshan, ammo, u mustaqil ravishda 
kuzatilishi ham mumkin va boshqa kasalliklarning simptomi sifatida yuzaga 
chiqayotgan 
bo‘lishi 
ham 
mumkin. 
Depressiyani 
chaqiradigan 
bunday 
kasalliklarning o‘nlab turi mavjud. 
Ayrim hollarda siz shifokorga yomon kayfiyatingizdan shikoyat qilib borasiz, 
ammo shifokor sizdan diabet, yurak kasalligi, shizofreniya yoki travmatik miya 
shikastlanishi kasalliklariga o‘xshash holatlarni topishi mumkin. 
Ammo depressiyaning klinik jihatdan en ko‘p gapiriladigan va yer yuzida eng 
ko‘p tarqalgan turi — asosiy depressiv buzilishdir (Major Depressive Disorder). 
Psixiatrlar va tadqiqotchilar bir vaqtlar depressiyani Lotin tilidan olingan endogen 
(«ichkaridan” degan ma’noni anglatadi) va psixogen/eksogen (“tashqaridan» degan 
ma’noni anglatadi) atamalarini ishlatib tasniflaganlar. Ushbu nomlar kimningdir 
depressiyasi ichki sabablardan (masalan, genetika) yoki tashqi sabablardan (stressli 
yoki jarohatli voqea) tufayli kelib chiqqanligini aniqlash uchun mo‘ljallangan edi. 
Avvalgi e’tiqodga ko‘ra depressiyaning ichki yoki tashqi turini ajratish unga 
qo‘llanishi kerak bo‘lgan muolajani ajratish uchun kerak edi. Ammo hozirgi ilmiy 
hamjamiyatning fikriga ko‘ra, depressiyaning endogen yoki ekzogen turidan qat’iy 
nazar ularni davolash bosqichlari va muolajalari bir xil. 
Ammo biz asosiy depressiv buzilishning klinik sabablarini ko‘proq tushunish 
uchun, uni ichki va tashqi omillarini qayd etgan holda ko‘rib chiqamiz. 
Psixogen/ekzogen depressiya asab tizimiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar 
ta’siri ostida paydo bo‘ladi deb qaralgan. Bu omillar yakka yoki takroriy bo‘lishi 
mumkin. Bunday tashqi omilga istagan hodisangizni kiritishingiz mumkin. 
Masalan, boshqa yurtga ko‘chish, qarindoshlar bilan uzoq davom etadigan mojaro, 
ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, jamiyat me’yorlarini qabul qila olmaslik va cheksiz 
boshqa sabablar. 
Psixogen depressiya sizning miyangizga qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon 
hazillaridan biri – atrofingizda hech kim sizga yordam berishni istamaydi degan 


48 
qat’iy ishonch. Ya’ni, kasallikning o‘zi sizni uni davolashdan to‘sadi. Bunday 
tuzoqqa ilinmang. Har doim sizga yordam berishni istaydigan odamlar topiladi, 
hech bo‘lmaganda psixoterapevt va pixologlar bunga tayyor bo‘lishadi. 
Endogen depressiya esa xavfli bo‘lib u hech qanday sababsiz va tashqi 
omillarsiz to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Uning paydo bo‘lish sabablari hali 
to‘la aniq emas. Olimlar uni markaziy asab tizimining o‘ziga xos tuzilishiga 
aloqador deb taxmin qiladilar. Bir ilmiy taxminga ko‘ra, muammo- serotonin 
neyrotransmitter moddasining biologik yetishmovchiligda. Yoki bu modda miyada 
kam ishlab chiqariladi, yoki bemorning organizmida uning so‘rilishi uchun 
reseptorlar kam. Ammo bugungi kunda bu nazariyaning hali hech qanday ilmiy 
isboti yo‘q. 
Gap shundaki, bu nazariya nima uchun serotonin miqdori kam bo‘lgan barcha 
odamlarda depressiya kuzatilmasligini tushuntirib bera olmaydi. Bundan tashqari, 
agar bu haqiqat bo‘lganida, antidepressantlar hozirda ancha samaraliroq bo‘lishi 
kerak edi. 
Nima bo‘lgan taqdirda ham, irsiyat katta xavf omillaridan biri hisoblanadi. 
Agar sizning qarindoshlaringizda ushbu ruhiy tushkunlikning turi kuzatilgan 
bo‘lsa, siz ham bunday hujumga duchor bo‘lishingiz mumkin. 
Asosiy depressiv buzilishdan aziyat chekadigan bemorlar ish faoliyatga 
e’tibor berish qobiliyatini yo‘qotadilar va intellektual topshiriqlarni yomonroq 
bajaradilar. Ular doim xavotir oladilar va tashvishda bo‘ladilar. Ularni o‘zlarining 
va qarindoshlarining farovonligi qiziqtirmaydi. Ular o‘zlarini samarasiz deb 
o‘ylaydilar va ularda to‘siqlarni yengib o‘tish uchun rag‘bat bo‘lmaydi. Afsuski 
bunday bemorlar hamma muammolarning yechimi o‘z joniga qasd qilishga 
urinishda deb o‘ylashni boshlaydilar. Ko‘pincha bunday istak ongsiz intilish 
bo‘lib, bemor o‘ziga e’tibor jalb qilishga urinadi. Ammo bunday intilish u 
yordamga muhtoj emasligini anglatmaydi. 
Albatta, asosiy klinik depressiyada jinsiy-psixologik omillarni ham rad etib 
bo‘lmaydi. Bu yerda qiziqarli jinsiy tafovutlar mavjud: ayollar ruhiy 


49 
tushkunliklardan erkaklarga qaraganda ikki baravar ko‘proq aziyat chekishadi. 
Nega bunday bo‘lishiga hozirda aniq javob yo‘q. Ayollar biologik jihatdan ushbu 
dardga ko‘proq moyildirlar. Undan tashqari ko‘p mamlakatlarda ayollarga bo‘lgan 
madaniy munosabatlar ham katta rol o‘ynaydi. 
Keng tarqalgan taxminlarga ko‘ra dunyoda bemorlar sonining kundan kunga 
ko‘payib borayotgani aslida kasallikning o‘zi ko‘payotganidan emas, balki odamlar 
o‘zlarining ruhiy sog‘liqlariga ko‘proq e’tibor berishni boshlaganlari bilan bog‘liq. 
Albatta bunday taxminga ma’lum asoslar bordir. Siz AQSH kabi rivojlangan 
mamlakatlarda depressiya kasali juda keng tarqalganligini eshitgansiz. 2017 yilgi 
statistika va matematik taxminlarga binoan, AQSHDA 4.1% foiz aholida ushbu 
ruhiy holat kuzatilgan. Umumjahon taxminlarga ko‘ra yer yuzining 6% aholisida 
ushbu holat kuzatiladi. 
Nega AQSH kabi rivojlangan davlatlarda ushbu tashxis Rossiyaga qaraganda 
ko‘proq degan savol tug‘iladi. Bundan kelib chiqdiki, amerikaliklar ruslarga 
qaraganda ko‘proq tushkunlikka berilganmi? 
Albatta yo‘q. Ushbu statistika ayrim davlatlarda tashxis qo‘yish jarayoni keng 
ko‘lamda yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Bunday davlatlarda tashxis jarayoni 
tibbiyotdan ko‘ra qonuniy ahamiyatga ega. Agar biror kishi kasallik alomatlariga 
ega bo‘lib, unga tashxis qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, psixiatr qonun bo‘yicha unga 
tashxis qo‘yishi shart. Aks holda shifokor o‘z faoliyatida jiddiy muammolarga 
duch kelishi mumkin. Ko‘p hollarda tashxis qo‘yilib, ma’lum bir dori 
(antidepressantlar) buyuriladi. Ammo bunday tizimning ham o‘z kamchiliklari 
mavjud. 
Antidepressantlar o‘ziga xos kimyoviy birikmaga ega bo‘lib, ular mustaqil 
ravishda sizning kayfiyatingizni ko‘tara olmaydi. Bunday dorilarning samarasi 
dardning og‘irligiga bog‘liq. Agar sog‘lom odam antidepressantlarni qabul qilishni 
boshlasa, u ko‘ngil aynish va ba’zi hollarda ochlik hisi kamayganini sezishi 
mumkin. Ammo his-tuyg‘u fonida hech narsa o‘zgarmaydi. Ammo paradoksal bir 


50 
qoidaga ko‘ra, sizning depressiyangiz qanchalik og‘ir bo‘lsa unga buyurilgan dori-
darmonlar shunchalik o‘z samarasini beradi. 
Har bir kishining jismoniy va ruhiy holati o‘ziga xos ravishda individual 
bo‘lgani uchun, to‘g‘ri davolanish sxemasini topish va uni qo‘llash bir necha 
oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. Psixiatr yordamisiz to‘g‘ri darmon tanlab 
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday dorilarning ta’siri darhol bilinmaydi. Birinchi 
oy davomida bemor hech qanday o‘zgarish sezmasligi mumkin, yoki undan ham 
yomoni, faqat nojo‘ya ta’sirlarini sezishi mumkin. 
Shuning uchun ham klinik depressiya holatida shifokorga murojaat 
qilmasdan, bu darddan mustaqil qutila olmaysiz. Afsuski bizning o‘lkalarda 
psixiatr kasbiga bo‘lgan o‘ziga xos jirkanish mavjud. Bizning miyamizga u 
davrlardagi psixo-neyro-dispanserlar ichkilikka berilgan yoki giyohvandlarga 
yordam beradigan, «jinnixona» degan taassurot o‘rnashib qolgan. Bunday joydan 
tashxis olish odamni butun umr baloga giriftor qiluvchi «spravka» olish bilan 
birdek gap bo‘lgan. Bunday mutaxassislarga odamlar murojaat qilishdan qo‘rqishi 
– asosiy muammolardan biridir. 
Ammo zamonaviy dunyo bu borada bizga yangi imkoniyatlar yaratib berdi. 
Xususiy psixiatrlar ushbu dardni samarali davolash uchun maxsus bilimga egalar. 
Ular to‘g‘ri dori-darmon buyurib tashxisingizni boshqalardan sir saqlay oladilar. 
Xo‘sh, bu holatning terapiyasi haqida gaplashadigan bo‘lsak, bu yerda faqat 
tabletkalar bilan davolanib bo‘lmaydi. Bu dardning davosi dorilar va psixo-
terapiya birikmasi bilan birga qilinadi. Ayrim odamlar psixologiya yo‘nalishi 
to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosaga ega bo‘ladilar. Ular «psixologiya ilm-fan doirasiga 
kirmaydi» -deb o‘ylashadi. Ammo depressiyani davolashga bag‘ishlangan 
tadqiqotlarga nazar solsak, oxirgi matematik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, psixo-
terapiyaning samaradorligi juda katta. Ayniqsa kognitiv fe’l atvorni o‘zgartirishga 
qaratilgan terapiya katta natija ko‘rsatadi. 
Psixoterapiyaning o‘nlab ko‘rinishi va bunday muolajalarning yuzlab usullari 
mavjud. Ba’zilari qaysidir holatlarda ko‘proq yordam beradi, ba’zilari esa kamroq. 


51 
Ba’zi usullar ilmiy jihatdan yaxshiroq asoslab berilgan, ba’zilari esa yo‘q. Ammo, 
kognitiv fe’l atvorni o‘zgartirishga qaratilgan terapiyaning samaradorligi 
psixoterapiyada eng ko‘p isbotlangandir. Uning yordami bilan asosiy klinik 
depressiyaning yengil turlarini davolash mumkin. Og‘ir turlarida esa bunday 
muolajadan foydalanish davolashdan erishilgan yutuqlarning uzoqroq muddat 
davomida cho‘zilishiga olib keladi. Ya’ni agar sizga klinik depressiya tashxisi 
qo‘yilsa-yu siz faqat dori ichib yaxshi bo‘lgan bo‘lsangiz, bunday depressiyaning 
qaytib kelishi ehtimoli katta. 
Depressiyadan davolash kursini to‘rt bosqichga bo‘lib chiqish mumkin. 
Birinchi bosqichda psixoterapevt sizga depressiya muammosining kelib chiqishini 
tushuntiradi. U sizga miyangizda qanday jarayonlar sodir bo‘layotganini, ushbu 
davolanish muolajalaridan nimani kutishingiz kerakligini tushuntiradi. Bu bosqich 
boshlang‘ich tanishuv deb ataladi. Uning vazifasi bemor davolanishi uchun to‘g‘ri 
kayfiyat hosil qilishdir. 
Ikkinchi bosqich depressiyaning shafqatsiz siklini uzishga qaratilgan. Gap 
shundaki, ushbu kasallikda bemor o‘ta befarqlikni his qiladi va kundalik ishlarni 
bajarishga unga energiya yetishmaydi. Ya’ni bunday odam tom ma’noda o‘zi bilan 
hech nima qila olmaydi. Shuning uchun bunday bemorlarda bajarilmagan vazifalar 
va ado etilmagan va’dalar to‘planib qoladi. Ulardan paydo bo‘lgan tushkunlik 
bemorga qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Bunday odam deyarli barcha vaqtini yoqimsiz 
his-tuyg‘ularni boshdan kechirishga sarflaydi. 
Ushbu cheksiz aylanadigan charxpalakdan bemorni olib chiqish uchun 
shifokor muntazam ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan kundalik ishlar ro‘yxatini 
tuzadi. Bu bosqichda rag‘bat yoki g‘ayrat masalasi chetga surilib turadi. Ya’ni 
bemor buni istaydimi yoki yo‘q, bu ishlarni baribir bajarishi shart. Ushbu ishlar 
bemorda depressiv zanjir reaksiyasini to‘xtatib, o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmatning 
qaytib kelishiga yordam beradi. 
Uchinchi bosqichda fikrlash tizimini qayta ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi. 
Depressiyada inson hayotning faqat salbiy tomonlarini ko‘ra boshlaydi va ijobiy 


52 
tomonlarni umuman unutadi. Psixoterapevtning vazifasi ushbu disbalansni 
to‘g‘rilashdir. 
Va nihoyat oxirgi bosqichda shifokor bemorning o‘zi haqidagi chuqur salbiy 
fikrlari ustida ishlaydi. Bunday e’tiqodlar bolalik davrida shakllangan fundament 
bo‘lib, inson dunyoqarashiga ta’sir qiladigan ilk poydevordir. Bunday e’tiqodlarga 
quyidagi g‘oyalar kiradi: «men omadsizman”, «men muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashim tayin», “menday odam butun umr yolg‘izlikka giriftor bo‘lishi kerak». 
Albatta bu bosqichlar murakkab davolanish jarayonining juda sodda va qo‘pol 
shaklda keltirilgan tavsifi. Ammo, hech bo‘lmaganda siz davolanish jarayoni 
qanday ko‘rinishga egaligidan xabardor bo‘ldingiz. 
Afsuski, asosiy depressiv buzilishning aksariyatini davolash jarayoni kamida 
bir yilga cho‘ziladi. Depressiyaning endogen turidan esa butunlay qutulishning 
hozirda iloji yo‘q. Chunki uning ortidagi mexanizmlar hali to‘liq o‘rganilmagan. 
Ammo anti-depressantlar va psixologik terapiya orqali bunday depressiyani 
boshqarish oson bo‘ladigan remissiya bosqichiga olib chiqish mumkin. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling