Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish


I bob yuzasidan umumiy xulosa


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Bo\'riyeva Zebiniso

I bob yuzasidan umumiy xulosa.
Psixologiya ilmida bu kabi ruhiy muammolarni o‘rganish va bartaraf etish 
bo‘yicha ishlar talaygina. Shulardan eng samaralilaridan biri Art terapiya usulidir. 
Art terapiyaning qadim zamonlardan vujudga kelgan. O‘tgan asr o‘rtalarida klinik 
psixoterapiyada odamlarga san’at orqali ta’sir etish rivojlanib ketdi.
Kreativ tafakkur shundayki, u go‘yoki yo‘q joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, 
jo‘ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o‘xshamagan tarzda fikrlashga 
imkon beradi. Bunday tafakkur turi “hammaga o‘xshab fikrlash” yoki shablonli, 
zerikarli fikr yuritishdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o‘ziga xosliq 
noyoblik sifatlarini ham anglashga yordam beradi. 
Art terapiya mashg‘ulotlari davomida shaxsning o‘z ijodiy salohiyatini 
anglashga yo‘naltirish orqali, shaxsiy muammolarining mohiyatini tushunish va 


26 
ularni bartaraf etish uchun o‘z ijodiy salohiyatini, kreativ fikrlashni yuksaltirishga 
erishish orqali hayotiy garmoniya xosil qilinishi mumkin. 
Shaxsning kreativ fikrlash ko‘nikmasini mashq qildirish natijasida faqatgina 
o‘rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma’noga boy 
aloqalarni o‘rnatish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil 
bo‘ladilar. 
Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash 
odatiy va avtomatik xarakterga ega bo‘ladi. Inson miyasi doimo to‘g‘ri ishlashga 
odatlangan, ya’ni miya uchun faqat birgina to‘g‘ri javob mavjud bo‘ladi. 
Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik - shaxsning o‘z qarashlarini himoya 
qilish jarayonida barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin degani. Kreativlik 
muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish 
uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan karay olishlari lozim. 


27 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling