Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'riyeva Zebiniso
Test № 1.
1. Suvdagi aylana. 2. Quyosh sistemasi. 3. Yer osti chuvalchangi va hokazolar. 1. Aylana ichida aylanalar. 2. Kanalizasiya ichidagi ikkita bochka 3. Tarelkadagi ikkita olma va hokazolar. 59 1. Tog‘lar. 2. Suv to‘lqini. 3. Yo‘l va hokazo. Natijalar tahlili: Sinaluvchining rasmlar bo‘yicha javoblari miqdori ajratilgan vaqt tugagach to‘plab olinadi. Berilgan javoblar ichida yangicha, nostandart, originallari ajratib olinib, miqdori aniqlanadi. Agar sinaluvchi qanchalik ko‘proq original, yangi javoblar keltirgan bo‘lsa, u ijodiy fiklash xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Test № 2. Predmetlardan foydalanish testi. Ushbu testda sinaluvchiga bir nechta real predmetlar havola etilib ulardan foydalanish usullari haqida yozma javob berish taklif etiladi. Masalan: 1) bo‘sh shisha idish 2) katta mix 3) daraxt apilkasi. Havola etilgan predmetlarning har bir guruhining tavsifi uchun 2 minutdan vaqt ajratiladi. Sinaluvchi ajratilgan vaqt oralig‘ida imkon darajada ushbu predmetlardan foydalanish usullarini ko‘proq keltirishga harakat qilishi lozim. Masalan: 1) Bo‘sh shisha idish: uyning devorini ko‘tarishda, sindirib lupa qilishda, hamir yoyishda, pul yoki tanga saqlashda, gul uchun vaza, qurol sifatida, musiqa chiqaruvchi instrument sifatida va hokazo. 2) Mix-uchli predmet sifatida, silarni aylantirishda, grabl uchun tish yasashda, ildirg‘ich yasash maqsadida, shifer qoqishda, qalin yog‘ochlarni birlashtirishda va hokazo. 3) Daraxt apilkasi (qirindi) –yonilg‘i, uy pechkasi uchun o‘tin, spirt uchun xom ashyo, polni tozalash maqsadida, o‘yinchoq yasashda, dengiz yuzidagi neftni yo‘qotishda, sport o‘yinlarida, sirkda va hokazolar. 60 Ushbu test natijalari ham o‘ziga xos tarzda tahlil qilinib, eng original, qimmatli fikr eglari alohida aniqlanadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling