Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish


XULOSALAR…………………………………………………………………...78  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Bo\'riyeva Zebiniso

XULOSALAR…………………………………………………………………...78 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...…….81 
ILOVALAR………………………………………...…………………………...83 
 



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. 
Globallashuv sharoitida mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga 
yetkazishni ifodalovchi ijtimoiy-pedagogik talab yangi tamoyillar bilan boyitilgan 
holda takomillashuvga erishib bormoqda. Agarda mustaqil fikrlovchi, ijodkor 
shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish talabi pedagogik fikrlar va maktablar 
taraqqiyoti tarixining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy subyektning estetik 
hissiyotlarga boy bo‘lishiga erishish negizida qondirilgan. Kishilik munosabatlari 
tarixining keyingi davrlarida shaxs faoliyatining o‘ziga xos orginal, juz’iy 
g‘oyalarga ega bo‘lishiga erishish bilan tavsiflangan. Innovatsion ta’lim muhitining 
shakllanishi esa shaxs intellektini rivojlantirish inson kapitalidan samarali 
foydalanishning asosi ekanligini tasdiqlamoqda. Zero, inson kapitalidan samarali 
foydalanish jamiyat rivojiini ta’minlaydi. Shu sababli jahon miqyosida shaxs 
intellektini rivojlantirish, unda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish ehtiyoji tobora dolzarblashmoqda.
Jahon ta’limi tajribasi zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotgan 
STEAM fanlari – aniq fanlar (science), texnologiya (technology), injiniring 
(engineering), dizayn (art), matematika (mathematicsning imkoniyatlariga 
tayangan holda kreativ shaxsni tarbiyalash, malakali mutaxassislarni tayyorlash 
jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan jadal rivojlantirish istibolini 
kafolatlashini tasdiqladi. “STEM – forward” (“STEM – kelajakda”; Quddus, 2014 
yil) nomli konferensiyada o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasi muloqot, kooperativ 
(o‘zaro hamkorlik), tanqidiy tafakkur, kreativlik mezonlarini bilan baholash 
maqsadga muvofiqligi e’tirof etib o‘tilgan. Qolaversa, 2021 yildan boshlab 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qish, matematiq tabiiy-ilmiy va 
kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholash imkonini beradigan 
PISA (Programme for International Student Assessment; O‘quvchilarning ta’limiy 
yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur)ning kreativlik mezoni bilan 
boyitilayotganligi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rsatadi. 



Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga 
alohida talablar qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari, prezident 
maktablarini tashkil etishdan ko‘zlanayotgan asosiy maqsadlardan biri ham 
ijodkorlikni rivojlantirishdir. Shu talab va maqsadga mos ravishda psixologiya 
va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish uslubiyati, texnologiyalarini 
rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi kerak edi. Lekin hozircha psixolog 
va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani tezroq va atroflicha tadqiq 
etishga intilish sezilmayapti. Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 
jahon psixologiya fanida mavjud xulosalarga ko‘z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik 
yana o‘sha ongostida shakllanishi va rivojlanishi ma’lum bo‘ladi. Ijod 
maktablarimizda ishlayotgan o‘qituvchi va murabbiylarda esa ongostining 
tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga 
e’tibor berilmayapti. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan 
psixologlarning kamligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling