Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish
Ish tuzilmasining tavsifi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'riyeva Zebiniso
Ish tuzilmasining tavsifi:
Ushbu tadqiqot ishi kirish, uch bob, to‘qqizta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilova qismlardan tuzilgan. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo‘llanilgan metodikalar, tadqiqotning yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. 8 I BOB. SHAXS KREATIVLIGINING PSIXOLOGIK TADQIQI 1.1- §. Shaxs kreativligi psixologik-pedagogik muammo sifatida. Jamiyatdagi barcha korxona, tashkilotlarda innovasion hamda kreativ fikrlashga zarurat tug‘diradigan global muammolarni hal qilish uchun innovasion bilim va yaratuvchanlik qobiliyatiga tobora ehtiyoj sezilmoqda. Kreativ fikrlash – bu innovasion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak. Kreativlik (lot., ing. «create» - yaratish, «creative» yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g‘oyalarni ishlab chikarishga tayyorligini tavsiflovchi xamda mustaqil omil sifatida iktidorlilikningtarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi 1 . Shaxs kreativligini o‘rganish va rivojlantirish pedagogikada hvar qanday darsning maqsadi ya’ni, rivojlantiruvchi maqsadi jihatidan yondashib talqin etiladi. Bir qarashda ta’lim jarayonini kreativ g‘oyalar asosida tashkil etish o‘quv dasturida belgilangan talablardan chetga chiqishdek tasavvur qoldiradi. Biroq kreativlik ijodiy yondashish o‘quv mashg‘ulotlarini mavjud Davlat ta’lim standartlari (DTS) ga moslashtirish, qolaversa, o‘qituvchilardan o‘qitish jarayoniga nisbatan kreativ, ijodiy yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladigan metod, usul va vositalar mashg‘ulotlarni metodik jihatdan samarali, to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi. 1 Xasanboev J., Turakulov X., Xaydarov M., Xasanboeva O., Usmanov N. Pedagogika fanidan izoxli lug'at. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2009. - 236 bet. 9 Shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, ularda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish talab etiladi. Kishi oldiga savolning «Agarda ...?» deb qo‘yilishi topshiriklarni bajarish jarayonida ularning xam ob’yektiv, xam sub’yektiv fikrlash ko‘nikmalarini samarali o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Kreativlik shaxsda «nafaqat yangi g‘oyalarni ilgari surishini taqozo etishi, balki istalgan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tahlil etish ko‘nikmalarini xam shakllantira olishi lozim. Kreativlik jarayoni boshlang‘ich g‘oyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil etish, zarur bo‘lsa ulardan voz kechishni xam o‘z ichiga oladi. Ayni o‘rinda shuni xam aytib o‘tish joizki, kreativ yondashuv faqat ta’lim olish, fikrlashni rivojlantirish, o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qiziqishi susaygan o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida emas, balki barcha shaxs bilan jonli, qiziqarli, jo‘shqin muloqotga kirishish, ularni faollikka undash, shaxsiy, jamoaviy, ijtimoiy psixologik muammolarni hal etish uchun ham qo‘llaniladi. Psixologiyada muammolarni mustaqil ravishda xal eta oladigan, intellektual va shaxsiy xususiyatlar tizimi, o‘ziga xos g‘oyalar avlodi kreativlik tushunchasi bilan belgilanadi. Istalgan ongli, fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kishida maxsus tayyorgarlik orqali kreativlikni rivojlantirish mumkin. Ijodiy qobiliyatlar o‘quv jarayonida aloxida rivojlanish ob’yekti bo‘lishiga karamasdan, psixologiya fanida o‘quv jarayonida kreativlikning rivojlanishi juda kam o‘rganilgan, ijodkorlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar yetarlicha o‘rganilmagan. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsga bog‘liq xolda intellektual funksiyalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar kreativlikni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Kreativlik deganda, shaxsning o‘ziga xos g‘oyalarni yaratish va innovasion qarorlar qabul qilish qobiliyatini chuqur anglash jarayoni tushuniladi. Bugungi kunda inson hayoti va faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talab ma’lum chegaralardan chiqib ketadigan, nostandart qarorlar qabul qila oladigan, yangilik bilan ajralib turadigan maxsulotlarni yaratadigan ijodiy shaxsni rivojlantirish ekanligi bilan 10 bog‘liq. Kreativlikni tavsiflashda psixologlar qobiliyat muammosiga ishora qiladilar va ko‘pincha kreativlikni umumiy ijodiy qobiliyat, bilimlarni o‘zgartirish jarayoni deb bilishadi. Bundan tashqari, ular kreativlik xayolot rivojlanishi va gipotezalarni shakllantirish bilan bog‘liq deb ta’kidlashadi. Kreativ fikrlash timsollar va g‘oyalarda, inson o‘z tushunchalarini ilgari surish va o‘tmishdoshlar tajribasini umumlashtirish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Faktlarni tahlil qilish, voqyealar rivojini kuzatish, tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni o‘zaro bog‘lash va ijodiy farazni o‘z ichiga oladi." Insonda biron bir yangilik paydo bo‘lishiga olib keladigan xar qanday xarakat ijod deb ataladi. Yaratilgan narsa moddiy, akliy yoki xissiy konstruksiya bo‘ladimi bundan qat’iy nazar, faqat shu insongagina tegishli ijodiy maxsulot xisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, kutilmagan, o‘z-o‘zidan amalga oshiradigan samarali harakat sifatida, o‘ziga ishongan xolda, ijrochi tomonidan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir muxitida kuzatilishi mumkin bo‘lgan xatti-xarakatlar orqali kreativlik namoyon bo‘ladi. Kreativliq ijodiy jarayonlar insonlarda juda erta bolalik davrlaridan boshlab namoyon buladi. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning muxim soxalaridan biri bu bolalarda kreativlik xususiyatlarini rivojlantirish va uni bolaning umumiy rivojlanishi uchun ahamiyatini tadqiq etish xisoblanadi. Bolalardagi ijodiy jarayonlarni ularning o‘yinida kuzatishimiz mumkin. O‘yin faoliyati jarayonida bola tayoq minib, o‘zini ot minib yurgandek xis qiladi. Kichkina qiz qo‘g‘irchoq bilan o‘ynab, uning onasi ekanligini tasavvur qiladi. O‘yin ichida bola qaroqchi, askar yoki dengizchi bo‘ladi, bu jarayonlarning xammasi eng xaqiqiy, chinakam kreativlikning namunasidir. Bolalar o‘yin orqali kattalarga taqlid qiladi. Lekin bolalar o‘yinlari - bu shunchaki takrorlash emas, ular kattalarning nima qilayotganini ko‘radi va eshitadi, ammo bu xarakatlarni o‘z taassurotlaridan kelib chiqib ijodiy elementlar bilan boyitadilar. D.Long va R.Xenderson ijtimoiy rad etish va nokonforizm yuqori kreativlikni namoyon etuvchi bolalarning o‘z-o‘zini baholashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini 11 ta’kidlaganlar. Bu kabi bolalar o‘zlarini baxtsiz deb bilishadi va proyektiv testlarda ular o‘zlarini oila a’zolari, do‘stlaridan chetda tasvirlashadi. Demak kreativlikka xos chetlashishlar shaxsda o‘ziga xos nuqsonlarni, psixologik og‘ishlarni keltirib chiqishi mumkin. E.Torrens shunday deb yozgan edi: "Yuqori darajadagi kreativ fikrlovchi bolalar guruhda yolg‘iz ishlashadi, guruh liderini tan olishmaydi va raxbarlik qilishni xoxlamaydilar. Xukumat mukofotlari bilan buyuk olimlarni emas, balki raxbarlar taqdirlanadi." Kreativlik diagnostikasida Amerikalik psixolog olim E.Torrens yaratgan metodikalar keng qo‘llaniladi. E.Torrens testi ijodkorlik psixodiagnostikasi soxasida asosiy metodlardan biri xisoblanadi. Ushbu metodika foydalanuvchining professionalligini talab qiladigan kuchli psixodiagnostika vositasidir. Sinovning "kuchi" uning o‘lchash qobiliyatiga bog‘liq. Puxta tanlangan vazifalarning xilma- xilligi mavzuni ijodiy imkoniyatlar bilan ta’minlaydi va natijalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. E.Torrens testi ikki qismdan iborat: og‘zaki batareya (7 subtest) va obrazli batareya (3 subtest). Bu nafaqat og‘zaki va obrazli ijodiy tafakkurning rivojlanish darajasini baholash, balki turli odamlarda ijodning individual tuzilishlarining sifati, o‘ziga xosligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Shunisi qiziqki, og‘zaki ijodkorlikning rivojlanish darajasi ko‘proq ijtimoiylashuv sharoitlari va tashqi muxitning ta’siri bilan, ayni paytda xayoliy ijodning rivojlanish darajasi ko‘proq odamning tug‘ma biologik xususiyatlari bilan bog‘liq. Maktab amaliyotida kreativ fikrlovchi bolalarni aniqlash alohida ahamiyatga ega, chunki bu bolalar o‘zlarining imkoniyatlarini ruyobga chiqarish uchun alohida ajralib turadigan o‘quv uslubiga muxtoj. Bundan tashqari, test eksperimental o‘quv dasturlarini nafaqat o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga ko‘mak beradigan, balki ijodiy fikrlashni rivojlantiradigan va shaxsning ijodiy imkoniyatini amalga oshirishga imkon beradigan dasturlarni xam ishlab chiqishga yordam beradi. 12 Yuqori darajada kreativ bolalar quyidagi xususiyatlarni namoyish etishlari kuzatiladi: - vokealarni erta bolalikdan eslash qobiliyati, - o‘zlarining "men"ini chuqur anglash, - xazil tuyg‘usi, - xavotirlanish va notekis rivojlanish. Notekis rivojlanish turli ko‘rinishlarda bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ijodiy qobiliyatli bolalar g‘ayritabiiy, xayoliy javoblarni namoyish etdilar, ko‘pincha o‘zlarining rasmlarini jonlantirdilar. Rangli rasmlarning ko‘pligi tashqi muxit ta’siriga chukur xissiy munosabat tendensiyasini namoyon etadi. Kreativ fikrlovchi bolalar noaniqliq nomutanosibliklarga osonlikcha dosh beradilar va noaniq vazifalarni yaxshi uddalaydilar. Kreativ fikrlovchi bolalarning rasmlari va boshqa asarlari yuqori darajadagi o‘ziga xosliq quvnoqilik va mustaqillik bilan ajralib turadi. Biroq o‘qituvchilar va sinfdoshlar uchun ularning g‘oyalari ko‘pincha g‘alati va axmoqona ko‘rinadi. E.Torrens tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda kreativ bolalarning turli guruhlari o‘rganilgan: o‘ziga xos fikrlashi uchun yuqori ko‘rsatkichga ega bolalar (o‘ziga xosliq nostandart fikrlash, alokador bo‘lmagan narsalarni bog‘lash qobiliyati, narsalar va xodisalarga yangi, g‘ayrioddiy tomondan ko‘ra olish qobiliyati), g‘oyani rivojlantirish bo‘yicha yuqori ballga ega bolalar (fikrni kengaytirish, davom ettirish qobiliyati) va bir vaktning o‘zida ikkita parametr bo‘yicha yuqori ball tuplagan bolalar. Bunda tadqiqot quyidagi yo‘nalishda olib borilgan: Masalan: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga turli xil ijodiy o‘yinlar va jumboqlar taklif qilindi. Bolalar o‘yindagi topshiriqlarni bajarishlari va yangi g‘oyalar ishlab chiqishlari kerak edi. Har bir guruhda beshtadan bittasi ijodiy fikrlovchi boladan iborat edi. Garchi g‘oyalarning 70% kreativ fikrlovchi bola tomonidan ilgari surilgan bo‘lsada, guruhning qolgan a’zolari ishning jamoaviy natijalariga qo‘shgan hissasini deyarli butunlay e’tiborsiz qoldirishgan. 13 O‘ziga xos fikrlashi uchun yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘zlaridagi kuyidagi fazilatlarni ajratib ko‘rsatishgan: qizikuvchanlik fikrning mustaqilligi, xazil tuyg‘usi, tavakkal qilish va ishbilarmonlik qobiliyati. Ular kamtarlik xotirjamlik va konformizm kabi xususiyatlarni rad etishgan. Kelajakda ular noan’anaviy ijodiy kasbga ega bo‘lishni xoxlashadi, masalan, aktyor, antropolog va boshqalar. Gʻoyani rivojlantirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan bolalarda sog‘lom, boshqalardan ustun bo‘lish istagi kuchli, kamtar, quvnoq va qo‘rqmas, tavakkalchilik va sezgirlik bilan ta’riflashdi. Ular yolg‘izlikni yoqtirmaydilar va o‘zlarini xissiyotga beriluvchan deb xisoblamaydilar. Ularning maktabdagi baholari o‘ziga xos fikrlashi uchun yuqori ball to‘plagan o‘g‘il bolalarga qaraganda yuqori bo‘lgan, ammo maktabdagi yutuqlari past xisoblangan. Ularga ko‘prok an’anaviy kasblarni tanlash xosdir. Ikkala parametr bo‘yicha yuqori baholangan o‘g‘il bolalar tavakkalchilik qobiliyati, savol berishga moyilligi va xazil tuyg‘usi mavjudligi kayd etilgan. Shuningdek, kamtarlik, xotirjamlik va tortinchoklik ularga xos emasligi aniqlangan. Ularning maktabdagi baholari va yutuqlari oldingi ikki guruhga qaraganda yuqori bo‘lib, kasb tanlashlari noan’anaviy, kelgusi faoliyatlari xilma- xillik faollik va javobgarlikni anglatishi kayd etilgan. O‘ziga xos fikrlashi uchun yuqori ball to‘plagan qizlar xuddi shu guruhdagi o‘g‘il bolalar kabi xususiyatlarni aks ettirganlar. Bundan tashqari, ularda diqqat markazida bo‘lish, boshqalardan ustun bo‘lish istagi, yuqori emosionallikni kayd etilgan. Gʻoyalarni rivojlantirish uchun yuqori ball to‘plagan qizlar xam tegishli guruhdagi o‘g‘il bolalar kabi xususiyatlarni namoyon etishgan, ammo ulardan farkli o‘laroq ular o‘zlarini xissiyotga beriluvchan va ta’sirchan deb bilishgan. Ular o‘qituvchilar, psixologlar, ijtimoiy ishchilar kabi kasblarni tanlaganlar. Ikkala parametr bo‘yicha yuqori ballga ega bo‘lgan qizlar bir vaqtning o‘zida boshqalardan ustun bo‘lish istagi, hissiyotga beriluvchanlik raqobatlashishga 14 moyilliq nokonformizm va emosionallikni kayd etdilar. Ularning kelajakdagi faoliyati xilma-xil, insoniy kadriyatlar bilan bog‘liq va ijtimoiy soxaga tegishli bo‘lishi aniqlandi. Hayotda g‘oyalarni rivojlantirish uchun yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘g‘il va qizlar, o‘ziga xos fikrlovchilardan ko‘ra ko‘prok mukammallikka erishganlar va natijadan qonikish xosil qilgunga qadarga xarakat qilganlar. Ota- onalar va o‘qituvchilar, odatda, g‘oyani rivojlantiruvchilarga ko‘prok ishonch bildirishadi va bu bolalar ularni ishonchini oklolmaslikdan qo‘rqishadi. O‘ziga xos fikrlovchilar, ayniksa qizlar, o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadilar va o‘qituvchilar, ota-onalar odatda, ularning kelajagidan katta umid qilmasliklaridan g‘azablanadilar. O‘ziga xos fikrlovchilar shaxslararo munosabatlarda raqobat uslubini afzal ko‘radi, g‘oyalarni rivojlantiruvchilar esa xamkorlikni afzal ko‘radilar. Tadqiqot davomida ushbu uchta guruhning vakillariga savol berilgan: "Qanday hayotiy vaziyatlar sizni bezovta qilyapti?", "Siz uchun yoqimsiz vaziyatlardan qanday chiqib ketasiz?" va xokazo. Javoblarning tahlili quyidagi xulosalarga olib kelgan. O‘ziga xos fikrlovchilar g‘oyalarni rivojlantiruvchilarga qaraganda irodali va doimiy stresslarga duch keladi. Ikkala ko‘rsatkichlar bo‘yicha qobiliyatli bolalar bir vaqtning o‘zida stressga munosabat bo‘yicha o‘ziga xos fikrlovchilarga yaqin, ammo ular nokonformizm bilan bog‘liq bo‘lgan g‘ayrioddiy stresslardir. O‘ziga xos fikrlovchilar va o‘ziga xos fikrlovchi g‘oyalarni rivojlantiruvchilar ularning ustidan kulishlari, erkinlik va vaqtni cheklash xaqida ko‘proq tashvishlanadilar. G‘oyalarni rivojlantiruvchilar muvaffaqiyatsizlikdan va boshqalarning ishonchini oqlay olmaslikdan qo‘rqishadi. O‘ziga xos fikrlovchilar ko‘proq yangi g‘oyalar va xatti-harakatlar strategiyasi yordamida stressni yengishga ijodkorlik bilan yondashadilar va o‘z muammolarini boshqa odamlar bilan muxokama qilishga moyil bo‘ladilar. Gʻoyalarni rivojlantiruvchilar muammolardan qochishga harakat qiladilar. O‘ziga xos fikrlovchilar ko‘proq begonalashish va ota-onalar bilan ziddiyatlarga 15 duch kelishadi. Qolgan ikki guruh ota-onalarning umidlari bilan o‘zlarining istaklari mos kelmasligidan qo‘rqishadi. E.Torrensning yana bir ishi kreativ va odatiy fikrlovchi o‘rta maktab o‘quvchilarini taqqoslashga bag‘ishlangan. Kreativ fikrlovchi o‘rta maktab o‘quvchilari quyidagi yo‘nalishlarni afzal ko‘rdilar: eksperimental, intuitiv, ijtimoiy bosimga qarshilik. Odatiy fikrlovchi o‘rta maktab o‘quvchilarining yo‘nalishi - qoidalar va an’analarga mos, tuzilish va tartibga passiv rozilik bildirishgan. Yuqoridagi turlarning yo‘nalishi bo‘yicha bir qator omillarning klasterlari aniqlandi. Kreativ fikrlovchi o‘rta maktab o‘quvchilari "Kreativlik sinovlari" da yuqori ball to‘pladilar. Klasterlarda kreativ fikrlashning diagnostikasi quyidagicha namoyon bo‘ldi: "Ijodiy yo‘nalish" (emosionallik eksperiment, ijtimoiy bosimga qarshilik ko‘rsatish) va "Yutuqlar" (ijtimoiy bosimga qarshiliq eksperiment, irodaviy uslub), shuningdek "Nazorat" klasteri uchun past ko‘rsatkichlar (qoidalar, tartib va tuzilmalarga passiv rozilik bildirish). Kishilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari mumkin. Agar ularda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrashdan qo‘rqsalar, bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Shaxsda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Shaxsning kreativ fikrlash ko‘nikmasini mashq qildirish natijasida faqatgina o‘rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma’noga boy aloqalarni o‘rnatish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil bo‘ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo‘ladi. Inson miyasi doimo to‘g‘ri ishlashga odatlangan, ya’ni miya uchun faqat birgina to‘g‘ri javob mavjud bo‘ladi. 16 Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik - shaxsning o‘z qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan karay olishlari lozim. Albatta shaxsning kreativlik qobiliyatlari rag‘batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, ular kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda kishilar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni o‘rganadilar. Xato qilish yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqish, haddan tashkari baholarga e’tibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga uchrash, kamsitilishdan qo‘rqish kabi hislatlar kreativlikni shakllantirishga to‘sqinlik qiladi. Har qanday ko‘nikmani shakllantirish mumkin bo‘lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Kreativlik ustida ishlash shaxsga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Birok shaxsni ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash psixologning qay darajada malakali ekanligiga bog‘liq. Kreativlik bo‘yicha olib borilgan har qanday psixologik tadqiqotlar kishilarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda psixolog alohida o‘rin tutadi. Psixolog mashg‘ulot davomida ishtirokchilarning o‘zini erkin seza oladigan va o‘z fikrlari, g‘oyalari bilan bo‘lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Ishtirokchilar kreativlikni mashg‘ulotlarda o‘z g‘oya va fikrlarini turli yo‘llar bilan ifoda etishlari lozim. Ishtirokchilar ongida yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o‘rnatilgan qonun-qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollarga javob berishda erkin harakat qilishlari kerak. Psixolog shaxsdagi kreativlikni noodatiy g‘oyalarni o‘rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag‘batlantirish orqali qo‘llab-kuvvatlaydi. Psixologning ishtirokchilar berayotgan kreativ 0oyalariga nisbatan to‘g‘ri munosabati ularning mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning 17 barchasi o‘zaro munosabatlarning muhim qismi bo‘lib, muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Shaxsda kreativlikni shakllantirishning to‘rtta yo‘li quyidagilardan iborat: Shaxsni... - qiziqarli; - murakkab vazifalar; - aniq maqsad va vaqt bilan – ta’minlash; Shaxsga... - kreativlik muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini anglatish; - bezovtalik va qurquv xissidan xalos bo‘lishga yordam berish; - kreativ fikrlash ko‘nikmalarini bo1ha ko‘nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish; - «qutqarib» qolish emas, balki yo‘l-yo‘riq – ko‘rsatish; Shaxsni ... - suhbatlar orqali rag‘batlantirish; - konstruktiv sharxlar bilan ta’minlash; - yangi ko‘rsatmalar bilan tanishtirib borish; Shaxs ... - o‘zlarida kreativlikning boshqa turlarini xam rivojlantira olishlari; - guruhda ishlay olishlari; - xissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega bo‘lishlari - uchun poydevor buladigan muqitni yaratish jarayonda psixologlar ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishda to‘sqinlik qiladi: • o‘zini tavakkaldan olib qochish; • fikrlash va xatti-xarakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; • shaxs fantaziyasi va tasavvo‘rining yuqori baholanmasligi; • boshqalarga tobe bo‘lish; • har qanday xolatda xam faqat yutuqni o‘ylash. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling