Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Bo\'riyeva Zebiniso

1.2-
§. 
Shaxs bilish jarayonlari va kreativlikning o‘zaro aloqadorligi 
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini 
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib 
olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega 
original g‘oyalar majmui”
2
sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani 
shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy 
2
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – 
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4. 


18 
harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy 
qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan 
ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan 
birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘plab 
tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha 
qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik 
yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi 
bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.). “Kreativlik” tushunchasi 
o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. Gʻarb kishilari uchun kreativlik, 
umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, 
qiziquvchanlik, tasavvur, hazilmutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga 
e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar 
esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar. 
Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-
da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori 
baholaydilar. Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, 
deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, 
aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni 
anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida 
bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan 
kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati 
mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau 
shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb 
hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni 
tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va 
kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida 
tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” . Patti 
Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala 


19 
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan 
o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni 
talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri 
g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va 
ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har 
tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, 
topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini 
izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi 
birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). 
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, 
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki 
uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili 
sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, 
“talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy 
mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida 
kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun 
ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga 
egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning 
darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos 
(orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini 
yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan 
mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim
3
. E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”
4
tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: 
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‘zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
3
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – 
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.
4
Bashina T.F., Ilьin Ye.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – CPb.: Piter, 2009. – s. 


20 
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro 
qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik 
Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa bor. Bu ilhom degan 
hodisadir. Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda ilhom 
uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga 
yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz 
va u bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi. 
Psixologiyaning mamlakatimizda eng kam rivojlangan, endigina oyoqqa 
turib kelayotgan sohalaridan biri sport psixologiyasi hisoblanadi. Bu yo‘nalish 
bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport universitetida mutaxassislar tayyorlanmoqda. 
Bu universitetning mazkur yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislarning nazariy 
tayyorligini bilmadim-u, lekin men bilganlarim amaliy jihatdan o‘z yo‘nalishi 
bo‘yicha ishlashga to‘la tayyor emas. 
Ishonch bilan bunday deyishimga sabab shuki, 2018 yilda Respublika sport 
tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sport psixologiyasi bo‘limi ochiladigan bo‘ldi. 
Shu bo‘limga mutaxassislarni olish uchun maxsus komissiya tuzildi va mendan shu 
bo‘limga ishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bilan suhbatlashib ular orasidan 
bo‘limda ishlashga yaraydiganlarini tanlashda yordam berishimni so‘rashdi. Men 
yigirmadan ortiq davogar bilan suhbatlashdim. Ularning yarmiga yaqini sport 
psixologiyasi yo‘nalishini bitirganlar edi. Suhbatga kelganlarning deyarli barchasi 
sport musobaqalari va mashqlari davomida yuz beradigan psixologik holat 
bo‘yicha berilgan eng oddiy savolarga ham javob berolmay sukut saqlashdi. 
Sportchi mahorati o‘zi tanlagan sport turidagi zarur ko‘nikmalarni qanchalik 
puxta egallashiga bog‘liq. Ko‘nikmalar esa barcha darslik va qo‘llanmalarda 
takrorlanayotganidek, zarur amallarni ko‘p marta takrorlash natijasida shakllanadi. 
Sportchi zarur ko‘nikmani shakllantirish uchun uni yuzlab va minglab marta 
takrorlaydi. Bu ko‘nikmalar ongda emas, ongostida shakllanadi. 


21 
Shuning uchun murabbiy yoki jamoa psixologi ongostiga ta’sir o‘tkazish 
usullaridan xabardor bo‘lsa, zarur ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini bir necha 
marta tezlashtirish mumkin. 
Yuqorida 
sanab 
o‘tilgan 
kamchiliklarning 
mavjudligi 
va tez 
tugatilmayotgani sabablaridan biri, bizningcha, mamlakatimizda psixologiya 
bo‘yicha yagona ilmiy-metodik markazning yo‘qligida. Aytaylik, Rossiyada 
psixologiya bo‘yicha o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari ishlab turgan 
paytda, mamlakatimizda psixologiya bo‘yicha birorta ham ilmiy-tadqiqot instituti 
yoki shunday institutning o‘rnini bosa oladigan markaz yo‘q. Ana shunday ilmiy-
tadqiqot instituti tuzilsa va unda tegishli bilim va malakaga ega bo‘lgan olim 
va mutaxassislar jamlansa, bu sohadagi ishlarimiz ancha jonlangan bo‘lar edi. 
Nafaqat sport, balki, ta’lim-tarbiya, tibbiyot va ijtimoiy hayotning boshqa 
sohalarida ham psixologiya fanida vujudga kelayotgan yangiliklarni o‘rganish 
va imkon boricha amaliyotga tadbiq qilish Yangi O‘zbekistonning tezroq 
shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi, deb ishonch bilan aytish mumkin. 
Juda ko‘pchilik ijtimoiy-psixologik muammolar inson ongi va ruhiyati bilan 
bog‘liq xolda yuzaga keladi. Kishilar psixologga murojaat qilganlarida ko‘pincha 
muammolarni o‘zlari bilan emas, xayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, tashqi 
olamdagi voqea xodisalar, odamlar, ularning munosabatlari bilan bog‘lashadi. 
Vaholangki, har bir insonning ichki tuyg‘usi mavjud bo‘lib, bu tuyg‘uning atrof 
olam, jamiyatdagi jarayonlar bilan mos kelmasligi muammoning asosiy sababi 
ekanligini psixologlarga ma’lum. Bunday nomutanosiblik tufayli inson aziyat 
chekadi, azoblanadi va oqibatda bu iztiroblar uning hayotida xilma xil energiyani 
hosil qiladi.
Psixologiyada kreativlik voqeylikni o‘ziga xos aks ettirishga, kishining olam 
haqidagi boy tasavvurlarga egaligini ifoda etuvchi tafakkur uslubi sifatida 
baholanadi. O‘z ichki olamini bilish, tushunish, his qilish xususiyati ko‘pchilikka 
xosdir. Shuning uchun ham aksariyat odamlar o‘z hayotini ma’lum maromga solib, 
ruhiyatini ongli idora qiladi. Afsuski, ayrim kishilarda bu garmoniyani his etish va 


22 
boshqarish qobiliyati sust bo‘ladi va ruhiy muammolar tufayli aziyat chekish 
ko‘pincha shu toifadagi odamlarda ko‘proq kuzatiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, 
ko‘pincha bu kabi muammolarning asosiy sababi insondagi ijodkorlik va uning o‘z 
vaqtida ro‘yobga chiqarish imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Demaq 
ijodkorlikni ro‘yobga chiqarish orqali inson ruhiyatidagi tashqi va ichki olam 
garmoniyasiga erishish mumkin degan xulosa chiqarsak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling