Iii-bob: bank risklarining mazmuni va uning tasniflanishi. Bank risklarining bank faoliyatiga ta’siri


Download 143.98 Kb.
bet11/14
Sana28.10.2023
Hajmi143.98 Kb.
#1728561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-MAVZU. BANK RISKLARINING MAZMUNI VA UNING TASNIFLANISHI. BANK RISKLARINING BANK FAOLIYATIGA TA’SIRI (1)

Tahliliy-kompleks usuli o‘yinlar nazariyasini qo‘llashga asoslanadi. U bankning nafaqat o‘z harakatlarini, shuningdek, atrofidagi kontragentlarning ham amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha muqobil harakatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘yinlar nazariyasi unsurlaridan foydalangan holda vazifalarni hal qilish jarayoni juda ulkan va murakkab bo‘lib, juda ko‘p vaqt sarflashni talab etadi.
Bank bo‘yicha yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi yoki ko‘rsatkichi (Kr) quyidagicha hisoblanadi:

Kr=

Ko‘rilgan maksimal zararlar

o‘z mablag‘lar

yoki


Bu yerda:
Kr – bank bo‘yicha yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi;
z – shu bankning barcha operatsiyalar bo‘yicha ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlar yig‘indisi;
QM – bankning o‘z mablag‘lari;
E – bank tashqi risklarining me’yoriy koeffitsiyenti.
Xalqaro amaliyotda tashqi risklarni tahlil qilishning ikki bosqichli tizimi mavjud. Birinchi bosqichda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat tahlil qilinadi, ikkinchi bosqichda mamlakatdagi riskning umumiy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblab chiqiladi:

  • yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur’atlari;

  • jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM va uning o‘sish sur’atlari;

  • inflatsiya darajasi;

  • ishsizlik darajasi;

  • davlat budjetining taqchilligi;

  • investitsiyalarning samaradorligi;

  • iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;

  • savdo va to‘lov balanslari;

  • siyosiy xatar darajasi va boshqalar.

Mamlakatdagi risklarni tahlil qilganda jahondagi ko‘pgina yetakchi mamlakatlarning statistika xizmatlari tomonidan maxsus e’lon qilgan ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspert baholari va reytinglaridan ham foydalaniladi.
Riskning haqiqiy darajasini aniqlashda risk koeffitsiyentidan foydalanish mumkin.(9-jadvalga qarang)
Ko‘rib turibmizki, II variant bo‘yicha kapital quyish (yoki kredit berish) riski I variantga nisbatan 1,5 marta kam (0,6:0,4=1,5). Risk koeffitsiyentini to‘g‘ri taxminlash beriladigan kredit summasini optimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqishga, kredit risklarini minimallashtirishga yordam beradi.

Download 143.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling