Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Lizing loyihalarining kompleks ekspertizasi


Download 72 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1546559
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Режалаштириш

3.3. Lizing loyihalarining kompleks ekspertizasi


Lizing kompaniyasi loyihalar ekspertizasini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:1
1. Loyihani identifikatsiyalash va hujjatlarni tasdiqlash – tasdiqlovchi hujjatlarning barchasi: kompaniyaning ro‘yxatga olinishi, muassasa to‘g‘risidagi hujjatlar, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun litsenziyalar, kompaniya balansi va 2 yillik moliyaviy hisobotlar huquqiy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
2. Loyiha bo‘yicha chiqariladigan mahsulot – sifat nazorati tizimi va loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishdagi asosiy mahsulotning xususiyatlari.
3. Loyihada foydalaniluvchi texnologiya tavsifnomasi – ishlab chiqarishni tashkil etish turi va tarmoqdagi ahvol bilan bog‘liq ravishda mo‘ljallanayotgan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar bilan bozorda yuzaga kelgan vaziyat tahlil qilinadi.
4. Eksport bozorini jalb qilish. Talab va taklif bashoratini hisobga olgan holda mahsulot bozori baholanadi.
5. Marketing strategiyasi. Mahsulotni bozorga olib chiqish bo‘yicha xatti-harakatlar.
6. Loyihani boshqarish – boshqaruv bo‘g‘ini va boshqaruvchilarni o‘qitish dasturining mos kelishini aniqlash.
7. Loyiha homiylari – homiylarning moliyaviy ahvoli hamda ularning loyiha bo‘yicha qo‘yilmalari va kafolatlarining mos kelishi tahlili.
8. Taqsimlash tizimini tashkil etish – mahsulotni sotuvchilar bilan kelishuvlar, kelajakdagi ishlab chiqarish hajmining butun taqsimlash tizimida tovar aylanmasiga ta’siri, mazkur taqsimlash tarmog‘ining loyihadagi mahsulot bo‘yicha ixtisoslashish darajasi, mazkur taqsimlash tarmog‘ining ulushi.
9. Loyihani joylashtirish – hudud, ixtisoslashuv, tashkiliy masalalar, ishlab chiqarish joyida transport infratuzilmalari, kommunikasiya va maslahat xizmatlarining mavjudligi.
10. Loyihaning ekologik xavfsizligi – atrof-muhitni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ruxsati va ekologiya nazoratining mavjudligi.
11. Loyihaning huquqiy va moliyaviy qoidalari– soliq va bojxona imtiyozlari tizimini aniqlash, loyihani rag‘batlantirish turlari (yangi investitsiyalar, kafolatlar, energiyaga subsidiyalangan narxlar va hokazo).
12. Loyihaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va qarz kafolatlari – kutilayotgan investitsiya xarajatlarini aniqlash, moliyalashtirish manbalari va ularni jalb qilish imkoniyatlari, investitsiyalarning rentabelligi, sof diskontlangan daromad, o‘zini qoplash muddati, ichki daromadlilik normasi.
Loyiha dastlab kutilgan natijalarni oqlamagan hollarda loyiha strategiyasini qayta ko‘rib chiqish, yangi hamkorni izlab topish, loyihani sotib yuborish, faoliyatni o‘zgartirish, loyiha aktivlarini alohida-alohida sotib yuborish zarur. Loyiha ekspertizasining har bir bosqichida zarurat tug‘ilganda maslahatchilar jalb etilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosa bildiradi va uni oxiriga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

3.4. Tadbirkorlik loyihasi va lizing oluvchini moliyaviy baholash


Loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi tahlili odatda moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash, bashorat qilinayotgan daromadlilik va likvidlilikni baholash, tavakkalchiliklar tahlilini o‘z ichiga oladi. Investitsiya loyihalarini baholash uchun turli xil usullar qo‘llanadi. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:1

  • o‘zini qoplash usuli;

  • o‘rtacha qaytish darajasi usuli;

  • mablag‘larni diskontlash usuli;

  • keltirilgan xarajatlar usuli.


Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling