Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi
Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash
Download 418.64 Kb. Pdf ko'rish
|
CHANG
Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash
Ishlab chiqarishga oid zaharlanishlar va spetsifik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bilan ishlaganda profilaktik tadbirlar qatoriga umumiy tadbirlardan tashqari zararli ta’sirga uchraydigan organizmning himoya qobiliyatini oshirishga qaratilgan va organizmning funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‘nalishdagi tadbirlarning eng muhimlari qatorida ishchilarni davolovchi- profilaktik ovqatlantirish tadbirlari muhim o‘rin egallaydi. Davolovchi-profilaktik ovqatlantirish - bu ishchilarning asosiy ovqatlariga qo‘shimcha tarzda bepul beriladigan ovqat ratsionlari hisoblanib, zararli kasbda ishlovchilargagina beriladi. Bu ovqat ratsionlar organizmning rezistentligini oshirish bilan bir qatorda eng ko‘p ta’sirga duchor bo‘ladigan organlar va sistemalarning funksional holatini yaxshilaydi. Ishchilarni davolovchi - profilaktik ovqatlar bilan ta’minlash "Mehnat haqidagi qonunlarning asoslari" ga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining "Mehnat haqidagi qonunlarining asosi" da keltirilganidek - "Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga, belgilangan me’yorlarda bepul tarzda sut va unga tenglashadigan mahsulotlarni berish lozim. O‘ta zararli mehnat qilish sharoitlarida xizmat ko‘rsatuvchilarga esa belgilangan miqdorlarda bepul tarzda davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish lozim". Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida zararli kasblarda ishlovchilarga davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish SanQ va M asosida amalga oshiriladi. Davolovchi-profilaktik ovqatlar 3 turga bo‘linadi:maxsus davolovchi - profilaktik ratsionlar;sut va sut mahsulotlari;vitaminlar. Ovqatlarning zaruriy spetsifik ta’sirini hisobga olib 5 ta davolovchi-profilaktik ratsionlar ishlab chiqilgan. Bu ratsionlarga kiritilgan asosiy mahsulotlar qatoriga - non,un 31 mahsulotlari, yormalar, makaronlar, dukkakli o‘simlik mahsulotlari, qant, go‘sht, baliq, jigar, tuxum, kefir, sut, tvorog, qaymoq, pishloq, hayvon yog‘ lari kiradi. Ovqat mahsulotlarining miqdori va ularning ta’sir ko‘rsatish tabiati zararli omillarning turi va kasblarga muvofiq belgilanadi. №1 - ratsion - ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan aloqada bo‘ladigan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Bu ratsion organizmda yog‘ almashinuvini stimullaydigan va jigarning antitoksik funksiyasini oshiruvchi ovqat mahsulotlari. №2 - ratsion - fosfor, ishqoriy metallar, simob va uning anorganik birikmalari, qo‘rg‘oshin birikmalari, sian birikmalari va fosgen bilan aloqada bo‘ladigan ishchilarga mo‘ljallangan. Ratsion oqsillarga boy, o‘zida o‘ta to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tutuvchi, kalsiyga boy bo‘lgan mahsulotlardan tashkil topgan bo‘lib, organizmda zararli moddalarning to‘planishini sekinlashtirish xususiyatiga ega. №3 - ratsion - qo‘rg‘oshinning anorganik birikmalari bilan aloqada bo‘ladigan ishchilar uchun mo‘ljallangan. Ratsion tarkibiga qo‘rg‘oshin birikmalarini organizmdan tezroq chiqishini ta’minlovchi pektinga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyitilgan. №4 - ratsion - nitro - va aminobirikmalar, benzol, xlorli uglevodorodlar, margumush birikmalari, tellur, fosfor birikmalari bilan ishlovchilarga beriladi. Ratsion tarkibidagi mahsulotlar sut mahsulotlari va o‘simlik yog‘lari bilan to‘yintirilgan bo‘lib, tarkibida lipotrop moddalari bor va bu moddalar jigar funksiyasini yaxshilaydi. №5 - ratsion - tetraetilqo‘rg‘oshin, bromli uglevodorodlar, tiofos, simobning anorganik birikmalari, marganets, bariy moddalari bilan ishlovchilar uchun mo‘ljallangan. Bu ovqat ratsionining tarkibida letsitin (tuxum), O‘TYoK, to‘la qiymatli oqsillar bo‘lib, asab sistemasi va jigar faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Keltirilgan ratsionlarga belgilangan mahsulotlarni qo‘shib, issiq ovqat tayyorlanadi va uni ish boshlanishidan oldin ishchilarga tarqatiladi. Bundan tashqari, kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan kasbdagilarga qo‘shimcha tarzda sut va sut mahsulotlari (0,5 1 miqdorida) belgilangan. Sut va sut maxsulotlarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan kasbdagilar ham SSV tomonidan tuzilgan maxsus ro‘yxat asosida berilishi ko‘rsatilgan. Beriladigan sut maxsus idishlarga solingan bo‘lishi kerak, flyagalarda keltirilgan sut bo‘lsa, tarqatilishidan oldin qaynatilishi shart. 32 Bepul tarzda beriladigan vitaminlar (A vitamini - 2 mg, B1 , B2 - vitaminlari - 3 mg dan, PP vitamini - 20 mg, C vitamini - 150 mg) issiq sexlarda ishlovchilar, tamaki fabrikalarida ishlovchilar uchun mo‘ljallangan. Sanoat korxonalaridagi mehnat gigiyenasiga kelganda shuni nazarda tutish kerakki, bu korxonalarda ishlovchi ayollar va o‘smirlarning mehnatlarini muhofaza qilish maqsadga muvofiqdir. Sanoatning deyarli hamma sohalarida kimyoviy birikmalarni qo‘llashda keng imkon berilgan. Kimyoviy birikmalar texnologiya jarayonida xom ashyo va ish joylarida esa ikkilamchi mahsulot sifatida zaharli birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. AQSH da 70000 dan ortiq kimyoviy moddalar turlaridan foydaladi, 200 ta kimyo sanoat bozori mavjud bo‘lib, ular tomonidan yiliga 1000 ga yaqin yangi sintetik kimyoviy birikma turlari aniqlanmoqda. AQSHda kimyoviy moddalarning xavf xatarini o‘rganish uchun talab qilingan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, xozirgi kunda 30000 ga yaqin kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgani aniqlangan. Kompaniyalar ishlab chiqarayotgan kimyoviy moddalarning jamiyat uchun foydasi bo‘lasada, lekin kimyoviy birikmalar preparatlar, zaharli dorilar tarzida, inson va hayvonlardan ajraladigan chiqindilarni chiqarib tashlanishi natijasida atrof muhitga zararli ta’sirini tarqatmoqda. Bu chiqindilar orasida oxirgi guruhga kiruvchi mikroblar, titrashga, ruhan tushkunlikka va rakka olib keluvchi birikmalar borligi misol bo‘la oladi. SHak shubhasiz, bu kabi ifloslanishlarning ko‘payishlarini daryolar va ariqlarda ko‘lami kengayib borayotganidan ko‘rishimiz mumkin, bular o‘z navbatida suvdagi baliqlar va jonzotlarga turlicha zarar etkazishi mumkin. SHu va boshqalar natijasida, insoniyat va boshqa jonzotlar, ishda, uyda, atrof muhitda kimyoviy moddalar ta’sirida qolgani ma’lum bo‘lmoqda. Aslida toksik kimyoviy moddalarning asoratini kuchayib borishi oziq ovqatlarimizda, havomizda va ichimlik suvimizda xam namoyon bo‘lmoqda. AQSHda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalari shuni ko‘rsatganki, ayrim kimyoviy birikmalar ta’sirida inson organizmi immunitet tizimi faoliyatini susayishi kuzatilgan. Buning oqibatida insonlarda bosh og‘rishi, hotirani susayishi, toliqish, xotirjamlikni buzilishi, uyqusizlik kabi holatlar kuzatilgan. 33 Ishlab chiqarish jarayonida zaharli kimyoviy moddalar ustidan kuchli nazorat olib borish muhim rol o‘ynaydi. Agar nazorat olib borishning iloji bo‘lmasa qo‘shimcha asosiy yondashuvlardan foydalanish mumkin. Bunga erishish uchun oltita asosiy yondashuvlar tavsiya qilinadi: Download 418.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling