Iii bob. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash
Download 417.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Relyatsion ma\'lumotlar bazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar bazasini kontseptual loyihalash
48 III BOB. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash MB ni ko‘rishdan maqsad predmet soha ma’lumotlarini saqlash va ularni qayta ishlashdan iboratdir. MB ni ko‘rish, uni loyihalashdan boshlanadi. Loyihalashda predmet soha ma’lumotlari guruhlanadi va ular guruh shaklida MB da saqlanadi. Relyatsion MB da guruh sifatida jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan relyatsion MBBT talablariga muvofiq me’yorlashtirilgan holda yaratilishi lozim. Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o‘rganiladi, uning ma’lumotlari tahlildan o‘tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi obyektlari belgilanadi. Amaliyotda har ikkala yondashuvning birikmasi ma’qulroqdir. Chunki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmaydi, natijada MB ni loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to‘g‘ri keladi. Bu texnologiya qo‘llanilsa, ishlab chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MB ga o‘zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini ilgari kiritilgan ma’lumotlariga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MB dan turli axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. MB ni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat: kontseptual; mantiqiy; jismoniy. Ma’lumotlar bazasini kontseptual loyihalash Ma’lumotlarni biror bir jismonan aspektda tadbiq qilishni ko‘zlamagan holda, tashkilotda foydalanilayotganligiga muvofiq modelini yaratish. Kontseptual loyihalashda predmet sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Bu modelni ishlab chiqish predmet sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga 49 asoslanadi. Dastlab predmet sohaning MB bo‘lg‘usi foydalanuvchilarining kontseptual talablari o‘rganiladi va aniqlashtiriladi. MB saqlashi kerak bo‘lgan ma’lumotlar, foydalanuvchilarning zarur so‘rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni ta’minlashi lozim bo‘lgan predmet sohasi ma’lumotlari tarkibi va tuzilishi o‘rganiladi. Bu ma’lumotlar odatda turli hujjatlar, qoidalar, ishlov berish shartlari asosida tahlil qilinadi. Ba’zi bir foydalanuvchilarning xususiy talablari umumiy talablarga zid bo‘lsa, ular e’tiborga olinmaydi. Aniqlangan ma’lumotlarning tahlili, axborot obyektlarni ajratish uchun qo‘llanuvchi rekvizitlarning funktsional bog‘liqligini bilish hamda obyektlar orasidagi tuzilmaviy aloqalarni aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga imkon beradi. Axborot- mantiqiy model axborot obyektlari bogliqligining ierarxiyasini aks ettiruvchi namunali ko‘rinishda berilish lozim. Natijada predmet sohani ma’lumotlarining, ularning jismoniy saqlash usuli ko‘rsatilmagan shakldagi o‘zaro bog‘langan kontseptul modeli yaratiladi. Bu modelda ma’lumotlar tashkilotda qanday tartibda mavjud va ishlov berilayotgan bo‘lsa, xuddi shu holati bo‘yicha tavsiflanadi. Bu tavsifning foydalanuvchi ishlatayotgan holatga muvofiqligi doimiy ravishda tekshirib boriladi. Download 417.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling