Iii bob. Tajriba sinov ishlari samaradorligi va natijalari


Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning natijalarini asoslash


Download 201.81 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi201.81 Kb.
#1602879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маматраимова 3-боб

3.2.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning natijalarini asoslash

Tashkiliy bosqichda Sho‘rchi tumani 04-sonli umumiy o‘rta ta’lim, Jarqo‘rg‘on tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Qumqo‘rg‘on tumani 86-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan 1-sinf o‘quv fanlarining o‘qitish jarayonida tutgan o‘rnini va darslarni tashkil etish maqsadida birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari ochib berish mazmuniga mos ravishda dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklarning tahlili va ulardan foydalanishdagi muammolarni aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari mazmuni asosida Sho‘rchi tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim, Jarqo‘rg‘on tumani 36- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Qumqo‘rg‘on tumani 86-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi.
Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari mazmuni asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘quv muassasasi Sho‘rchi tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim, Jarqo‘rg‘on tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Qumqo‘rg‘on tumani 86-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari tanlab olindi.
Notiqlik va nutqqa doir tushunchalarni qanchalik bilishi haqida suhbar asosida savollar berildi. Bu o‘quv muassasasida birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlari yetarli emasligi va ularni bilim darajasi deyarli bir xil ekanligi aniqlandi. Bu bosqichda o‘qitish texnologiyasining zamonaviy usullaridan foydalangan holda o‘qitishni tashkil etish, yaratilgan metodik ishlanmalarni o‘quvchilarga samarali yetkazib berish kerakligi maqsad qilib qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lida 5 ta dars ishlanmalari ishlab chiqildi. Shundan so‘ng tajriba sinov ishlarini o‘tkazish maqsadida maktablar tanlab olindi. Ularning biri tajriba guruhi, ikkinchisi nazorat guruhi sifatida qarab chiqildi. Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichida tanlab olingan guruhlardan tajriba guruhida birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari bo‘limiga doir mavzular bo‘yicha yaratilgan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitish ishlari olib borildi.
Nazorat guruhida esa maktab o‘qituvchilarining tajribasi asosida ana’naviy dars mashg‘ulotlar olib borildi. Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichidan ko‘zlangan maqsad – dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish va bilimlar berishdan iborat. Taklif etilayotgan “1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari”ga doir o‘quvchilardan olingan nazorat mashg‘ulotlari va umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarning natijalarini sifat va miqdor bo‘yicha tahlil qilindi.

Download 201.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling