Mavzu. Hodisalar va ularning ehtimolliklari
Download 298.08 Kb.
|
HODISALAR VA ULARNING EHTIMOLLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-mis o l.
MAVZU. HODISALAR VA ULARNING EHTIMOLLIKLARI Reja: 1 Hodisalar fazosi. 2. Hodisalar va ularning turlari. 3. Hodisalar ustida amallar. 4. Hodisaning ehtimoli. 5. Ehtimolning klassik ta’rifi. 6. Ehtimolning statistik va geometrik ta’riflari. 7. Shartli ehtimollik. Hodisalar to’la guruhi. 8. To’la ehtimol va Bayes formulalari. 9. Erkli sinovlar ketma-ketligi va Bernulli sxemasi. Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tajriba va tajriba natijasida kuzatilishi mumkin bo’lgan hodisa tushunchalaridir. Hodisa deyilganda ro’y berishi yoki ro’y bermasligi mumkin bo’lgan har qanday voqeani tushunamiz. Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi shartlar majmui (kompleksi) ning bajarilishini ta’minlashdan iboratdir. Biz qiziqqan hodisaning ro’y berishi yoki ro’y bermasligi o’tkazilayotgan tajribaning shartlar kompleksi ga bog’iqdir. Shuning uchun bu shartlar oldindan kelishib olinadi. 1.1-misol. Mergan to’rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o’q uzadi. O’q uzilishi – tajriba. Nishonning tayin sohasiga o’q tegishi – hodisa. 1.2-misol. Qutida rangli sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi. Qutidan shar olinishi tajriba hisoblanadi. Tayin rangli shar chiqishi – hodisa. Ta’rif. Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi va orqali belgilanadi. Ta’rif. Tajriba natijasida ro’y berishi mumkin bo’lgan barcha elementar hodisalar to’plami elementar hodisalar fazosi deyiladi va orqali belgilanadi. Ta’rif. Agar elementar hodisalar fazosi chekli yoki sanoqli sondagi elementar hodisalardan tashkil topgan bo’lsa, u holda bu fazo sanoqli (yoki diskret) to’plam deyiladi. Ta’rif. Agar elementar hodisalar fazosi sanoqsiz sondagi elementar hodisalardan tashkil topgan bo’lsa, u holda bu fazo uzluksiz (yoki kontinuum) to’plam deyiladi. Download 298.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling