Pedagogik tajriba sinov ishlarining maqsadi ilmiy tadqiqotimizda ilgari surilgan farazimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu jarayonni shartli ravishda quyidagi 3 (uchta) bosqichga bo‘lish mumkin:
Tayyorgarlik bosqichi 2021-2022 o‘quv yilida o‘tkazilib, bu davrda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
tadqiqotning asosiy yo‘nalishini aniqlab olish;
muammoning nazariy va amaliy holatini o‘rganish;
maktab o‘quvchilari bilan so‘rovnomalar o‘tkazish;
o‘quv-me’yoriy hujjatlarini tahlil qilish va o‘rganish;
tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tanlash, ularda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy negiz va pedagogik shart-sharoitlar mavjudligini o‘rganish;
tajriba sinov ishlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlash;
dastlabki tajriba sinov ishlarini o‘tkazish va boshqalar.
Ikkinchi bosqich - 2021-2022 o‘quv yilda quyidagilar amalga oshirildi:
rejaga binoan tajriba sinov ishlarini davom ettirish;
boshlang‘ich sinf darslarini tahlil qilib borish;
tajriba sinov ishlaridan olingan natijalarni miqdor va sifat jihatdan tahlil qilish;
dars jarayoniga yaratilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
ilmiy dalillar yig‘ish, ularni umumlashtirish;
tajriba sinov ishlari natijalarini muhokama etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |