Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati


Download 480.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi480.97 Kb.
#1541390
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Osiyo turizmi. Osiyo yer sharining eng katta qit’asi bo‘lib, uning maydoni 
atrofidagi orollar bilan birga 43,5 mln. kv. km. ga yaqin. Aholisi 3,8 mlrd. kishi 
atrofida Osiyo va Yevropa qit’alari orasidagi quruqlik chegaralari shartlidir. Osiyo 
tabiati nihoyatda xilma-xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham 
ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi – Jomolungma (8848 m) va 
quruqlikdagi eng chuqur botiq O‘lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning 
sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o‘lkalari shu 
yerdadir. Qit’aning shimolida Arktika sovuq sahrolari joylashgan bo‘lsa, janubida-
nam ekvatorial o‘rmonlar joylashgan. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi 
tog‘liklardan, tog‘liklardan va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tez-tez zilzilalar 
takrorlanib turadi. 
Xalqaro turizm bozorida Osiyo – Tinch okeani turizmi juda tezkorlik bilan 
rivojlanib borayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Birgina 2005 yilda keluvchi 
turistlar soni mintaqa bo‘yicha 154,3 mln. kishiga yetdi va uning salmog‘i 19,2 % ga 
ko‘paydi. Mintaqada so‘ngi 15 yil ichida (1990-2005 yillar) keluvchi turistlar soni 2,6 
barobarga oshdi. 2005-2006 yillarda mintaqaga keluvchi turistlarning o‘sish darajasi 
7,6 % ni tashkil qildi. Ayniqsa, yuqori darajadagi o‘sish Shimoliy-sharqiy Osiyo 
(10,3 %), Janubiy Osiyo (10,1 %) va Janubiy-sharqiy Osiyo (9,0 %) mintaqalarida 
kuzatildi. Shuni ta’kidlash joizki, Osiyo va Tinch okeani mintaqasining ayrim 
hududlarida keyingi yillarda parranda gripining tarqalishi (2003 y.) turistlar 
oqimining qisqarishga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, Osiyo va Tinch okeani 
mintaqasi o‘zining takrorlanmas rekratsiya resurslari va tabiat manzaralari bilangina 
emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi. 
Mintaqada turizmga sarflanadigan harajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan 
anchagina kamligi bilan haraterlanadi. Xalqaro turistlar soni mintaqada 1970 yilga 
nisbatan 17 barobarga, turizm sohasidan keladigan daromadlar esa 75 barobarga 
ko‘payganligi bilan ifodalanadi. Yani ushbu mintaqa uchun harakterli bo‘lgan alomat 
Yevropa singari ichki turizmning ustunligidir. 

Download 480.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling