Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati


Download 480.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana17.06.2023
Hajmi480.97 Kb.
#1541390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Amerika turizmi. Ikki materik – Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika 
Amerika degan umumiy nom bilan ataladigan bitta qit’ani tashkil etadi. Uning 
maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy 
Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat 
zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm 
bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni 
pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas. 
Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi.
2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln. 
kishini tashkil qildi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda 
AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada 
mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish 
0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib 
dengizi havzasi va Janubiy Amerika hududlar keyingi 2-3 yillik salbiy 
ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina, 
Braziliya kabi mamlakatlarda ichki mintaqaviy turizmning rivojlanishi kuchaya 
borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm 
sohasida uchta yirik turistik Markazga (AQSH, Kanada, Meksika) ega. Mintaqada 


47 
xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi 
hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q. 
Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir. 
So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan 
Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda. 
Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi. 
Chunki ushbu mintaqa o‘zining xilma-xil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy 
yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi. 

Download 480.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling