Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati


Jadval 5  Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi


Download 480.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana17.06.2023
Hajmi480.97 Kb.
#1541390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Jadval 5 
Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi 
(2005 yil) 
Asosiy turistik 
yo‘nalishlar 
Keluvchi 
turistlarning 
umumiy soni 
(mln.kishi) 
 
 
Hissasi (%) 
Keluvchi 
turistlardan 
olingan 
daromad 
 (mln. dollar) 
 
 
Hissasi (%) 
Osiyo va Tinch 
okeani mintaqasi 
155432 
100,0 
138588 
100,0 
Avstraliya 
5020 
3,2 
14952 
10,8 
Kambodja 
1422 
0,9 
840 
0,6 
Xitoy 
46809 
30,1 
29296 
21,1 
Guam 
1228 
0,8 


Gonkong (Xitoy) 
14773 
9,5 
10286 
7,4 
Xindiston 
3915 
48,7 
7356 
4,9 
Indoneziya 
5002 
3,2 
4521 
3,3 
Eron 
1659 



Yaponiya 
6728 
4,3 
12439 
9,0 


45 
Koreya Respublikasi 
6022 
3,9 
5660 
4,1 
Laos xalq 
demokratik 
respublikasi 
672 
0,4 
147 
0,1 
Makao (Xitoy) 
9014 
5,8 
7757 
5,6 
Malayziya 
16431 
10,6 
8543 
6,2 
Yangi Zellandiya 
2365 
1,5 
4865 
3,5 
Fillipin 
2623 
1,7 
2130 
1,5 
Singapur 
7080 
4,6 
5740 
4,1 
Tayvan (Xitoy) 
3378 
2,2 
4977 
3,6 
Tailand 
11567 
7,4 
10108 
7,3 
Vetnam 
3468 
2,2 


 
Manba: 
Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek 
turistlar kelishi bo‘yicha asosan bir sub mintaqada o‘rnashgan. Ammo biroq turistlar 
kelishi darajasi anchagina past. Ularning tarqalishi Sharqiy, Janubiy – sharqiy Osiyo 
va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan. 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo ya’ni 
Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 
Ikkinchi o‘rinda esa Janubiy–sharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya 
va Okeaniya hududlariga qariyib 10 % keluvchi turistlar soni to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq 
Respublikasi (XXR) alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga 
keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib 
hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, hozirgi kundagi Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi 
yillaridan boshlab rivojlana boshladi, Qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni 
«ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Birgina 
1988 yilda Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlar umumiy soni 1979 yilga nisbatan 37 
barobarga oshdi. Shu davrda Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya 
va AQSH mamlakatlaridan tashkil topdi. Ya’ni Xitoyga keluvchilarning har uch 
kishidan biri-yaponlar, har besh nafar keluvchi sayyohlardan biri esa amerikaliklar 
edi. Undan keyingi o‘rinlarni G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, 
Germaniya), Janubiy-Sharqiy Osiyo (Singapur, Tailand, Filippin), Avstraliya va 
Kanada davlatlari egallaydi. So‘nggi yillarda Xitoy turizm bozorida ishtirok etishda 
Malayziya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Rossiya davlatlari faollik 
ko‘rsatmoqda. 
Xitoyga tashrif buyurgan sayyohlarda an’anaviy Pekin-Shanxay-Sian-Guilen 
yo‘nalishlarini chetlab o‘tib, Syangan (Gonkong) va Guandjou kabi o‘lkalarni borib 
ko‘rishga qiziqish o‘smoqda. Ayniqsa turistlar uchun Xuanxe daryosida sayr tamosho 
qilish, Yanszi daryosi bo‘ylab daralarni ko‘rish yoki qadimgi Xitoy devorlari va 
kanallarini kuzatish, xitoyliklar taomlarini tatib ko‘rish, qadimgi xitoy, tabobat ilmi 
usullari bilan yaqindan tanishish, ommaviy xalq sayillarida («qog‘oz ilonlar» 
festivalida) ishtirok etishga muyassar bo‘lishadi. 


46 
Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro turizmda Xitoy shon-
shuhrati tobora ortib bormoqda. Agar 1990 yilda Xitoy mamlakatga turistlar kelishi 
bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 8 o‘rin, 2000 yilda esa 
beshlik davlatlari qatoriga ko‘tarildi. 2005 yilda Xitoyga keluvchi turistlarning 
umumiy soni qariyib 47 mln. kishiga yetdi. BTT prognozlariga ko‘ra 2020 yilda 
Xitoyga (Syangan bilan birgalikda) keluvchi turistlar umumiy soni 196 mln. kishiga 
yetishi kutilmoqda. Ya’ni bu degani Xitoyga keluvchilar soni AQSH va Fransiyaga 
nisbatan 2 barobarga, Ispaniyaga -3 barobar, Italiya va Buyukbritaniyaga esa 4 
barobarga ortadi demakdir.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha Xitoydan 
tashqari yangi industrlashgan (sanoatlashgan) mamlakatlar, jumladan: Syangan 
(Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand 
kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro 
turizmning ishga aloqador sohasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa 
Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib 
kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar 
o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda. 
Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga 
tashrif buyuruvchi turistlar turli xil maqsadlar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligi 
dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi 
bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan bir qator mamlakatlar, jumladan, 
V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z 
o‘rnini tompoqda. 
BTT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Sharqiy
Janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlari yaqin kelajakda xalqaro turizmda 
keluvchi turistlar soni bo‘yicha o‘z mavqeini yanada saqlab qoladi. 

Download 480.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling