Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori
Download 44.41 Kb.
|
10-mavzuga
221-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) apellatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi; 2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; 3) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 5) talab predmeti; 6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; 8) apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar; 9) apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; 10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari; 11) apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar; 12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari; 13) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar; 14) apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar. Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun yuborilgan taqdirda, sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala ishni yangidan ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi. Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling