Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Nazorat shikoyatining (protestining) mazmuni


Download 44.41 Kb.
bet34/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

253-modda. Nazorat shikoyatining (protestining) mazmuni

Nazorat shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

1) nazorat shikoyati (protesti) berilayotgan sudning nomi;

2) shikoyatni (protestni) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri va ishdagi protsessual holati;

3) ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;

4) ishni birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida ko‘rgan sudlar va ular qabul qilgan qarorlarning mazmuni;

5) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjati;

6) vajlarni keltirgan holda sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar;

7) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi.

Ishda ishtirok etmagan shaxsning nazorat shikoyatida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘rsatilishi kerak.

Nazorat shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Vakil tomonidan berilgan shikoyatga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Protest u keltirilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi kerak.

Nazorat shikoyatiga ish bo‘yicha qabul qilingan, sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari va shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalil ilova qilinadi.




Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling