Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest)


Download 44.41 Kb.
bet32/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest)

Kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimi hamda kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan boshqa ajrimlari ustidan shikoyat (protest) nazorat tartibida ko‘rib chiqiladi.



28-bob. Nazorat instansiyasi sudida ish yuritish

249-modda. Sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi

Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari quyidagilarning protestlariga ko‘ra nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — O‘zbekiston Respublikasi har qanday sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling