Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari


Download 30.22 Kb.
bet3/3
Sana14.10.2023
Hajmi30.22 Kb.
#1701896
1   2   3
Bog'liq
Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masal-fayllar.org

Istig’no vodiysidan.
Etti daryo onda bir qatra matar
Etti ko’k xashxosh chog’lig’ muxtasar
Etti do’zax onda bir uchqun kibi
Mo’rlarg’a tu`ma onda barcha sher,
Pashshasi pil ovlamoqqa bas daler.
Etti kishvar ichra shohi qashramon ,
Bir gado onda hamonu ul hamon.
Tig’i qotil tortibon yuz ming cherik,
Ko’zga kelmay onda qoqimcha irik.
Ajdahokim ko’kni chekkay dam bila,
Onda yakson rishtai Maryam bila.
Bo’ldi ming xayli maloik bartaraf,
Nogah Odam kiydi bir toji sharaf.
Bo’ldi yuz ming jismdin begona ruh,
Toki kishtibolig’ oyin qildi Nuh.
Yuz tuman Namrudni pashsha zalil
Qildi to o’tni chechak qildi Xalil.
Bo’ldi yuz ming tiflning qoni hadar,
To Kalimulloh bo’ldi tojvar.
Bog’ladi zunnor yuz ming axdi din,
To Masih anfosidin jon toti tin. (2036)


Nasriy bayoni: «Etti do’zax olovi bu yashin oldida bir uchqunga teng bo’lsa, sakkiz jannat uning oldida bir shudring misolidir. U erdagi chumolilar sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni ov qilishga qodir. U erda etti iqlimni zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir gado ga tengdir. Qotillik tig’i u erda o’zining yuz ming qo’shini bilan saf tortib turadi. Qoqum terisidan tikilgan qimmatbasho kiyimlar u erda nazar pisand qilinmaydi. Ko’kni yutib yuborishga qodir ajdaho u erda Bibi Maryamning nozik ipi bilan babbaravar turadi. U erda minglab maloiklar to’dasi e`tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi: Yuz ming jism o’z ruhidan begona bo’lganida, Nuh kemachilik bilan odamlar hayotini ofatdan sakdab qoldi. U erda Namrud sonsanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib, Halilning o’tni chechakka aylantirga ni ham yoki yuz ming begunoh bolaning bekordan bekorga qoni to’kilishiyu Kalomullohning sharf etilishi ham; yoki yuz minglab din axdining o’z e`tiqodidan voz kechib, zunnor bog’laganiyu Masih nafasidan jon taskin topganigacha; yoki bu ko’hna zolim dunyoning yuz ming qon to’kishdan Muhammadning bir tun arsh uzra sayr qilganiga qadar hammahammasi, boru yo’q barcha narsalar din ahliyu kofirlar eli —barchasi birday teng hisoblanadi»(403b) «I the fire of seven hells is only equal to a spark before this lightning, then eight paradises are just dew. Here ants feed on lions fleas are capable of hunting alephants. The heroic shah who was able to conquer seven countries is equal to a simple beggar. The blade of execution with it's army of one hundred stands at attention. Nobody cares about the expensive clothes made even from martens. The Dragon that is able to swallow the whole sky is equal to Saint Mary's fine thread there. Angel flocks by the thousands were neglected and suddenly Adam wore the glorious crown. When a hundred thousand spirits lost their body, Noach saved the lives of people from disaster by ship building. Everybody is equal there including: Nimrod who has been bitten by innumerous flies and Halil who turned fire in to flower. Or the one hundred thousand innocent children whoose blood has been shed prising God's Word, or the hundrads of thousands who gave up their religion and those wearing the Christian belt whose soul have found comfort in Christ's breath. Or the old tyrant who who shed the blood of one hundred thousand people, and Muhammad's travel to the top of Heaven one night. Everything that exists or does not exist, both religious people and infidels is equal there 153p»
Farishta (forstojik, arab malak maloik, maloka) iudaizm xristianlik, islom diniy rivoyatlarga ko’ra, xudoning amrini bajaruvchi g’ayri tabiiy mavjudotlar. Farishtalar son snoqsiz bo’lib, har biri ma`lum vazifani bajarar emish. Mae: islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi Farishtalar, jannat va do’zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so’roq qiluvchi (Munkir va Nakir), Olloh taxtini osmonda ko’tarib yuruvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi. Farishtalar haqida tasavvurlar mavjud bo’lib, bu taevvur Qur`on rivoyatlariga asoslangan. Islomda farishtalardan to’rttasi Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil bosh farishtalar xisoblanadi. Azroilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Diniy a`nada jon oluvchi farishta. Jabroilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Islom ta`limotiga ko’ra Jabroil go’yo xudo bilan payg’ambar o’rtasida elchilik xizmatini bajargan. Muhammadga Qur`on mazmunini ham etkazib turgan. Mikoilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Diniy an`nada koinotni boshqaruvchi farishta hisoblanadi. Isrofilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Isrofil go’yo oxirat kunini e`lon qilib, karnay chalarmish. «Lison ut-tayr» asarida ham Qur`oni karimdan ayrim hikoyatlar olingan, ko’plab o’gitlar, o’rnak oladigan hikoyatlar keltirilgan. Ularda albatta farishtalarhaqida ham so’z yuritiladi. Masalan: Azroil farishtasini jon olishga erga uchib kelgani va Sulaymon payg’ambar bilan bu masala yuzasidan fikr yurgizganini hikoyatdan bilib olish mumkin. Bu hikoyatda Azroilninig sifatlari bayon etiladi.
"Naqldurkim, avji rif`at kavkabi, Mehtari a`zam Sulaymoni nabiBir kun erdi taxt uzra oromgir, Olida devu pari farmonpariz. Jinsi maxduqot insu vahshu tayr, Kurmay oning xizmatidin o’zni g’ayr. Nofiz ul borig’a farmoni oning, Om majmu`iga ehsoni oning. Turmush erdi olida bir axdi hush, hush oni aylab tafakkurdin hamxo’sh. Bo’yla xolatda etishishni bir malak, Qobizi arvohu jallodi falak. ham bu soat qatl tig’in solg’omen, Hind iqlimida jonin olg’omen. Tengri sun`ig’a debon ko’p ofarin, Oni ham qildi yonolarg’a qarin. El bila hamtaklik etsa gar kishi, Ruh kabzi keldi Azroil ishi(155b)
«U osmon jallodijon oluvchi Azroil edi. Umrinig ajal paymonasi to’lib, yukrridan hukm keldi, men uning yonida shu soat qatl tig’ini sanchib, Hind iqlimida uning jonini olish kerak. Kimdakim shamol bilan elib yugursa ham jonini olish Azroilning ishidir 3706» Bu ta`riflar orqali kitobxon bu farihta qandayligini u bajaradigan ish nimadan iboratligini bilib olish mumkin. Bu hikoyatlar orqali shoir o’lim hakligini undan hech qaerga qochib bo’lmasligini, bu dunyoda hech narsa abadul abad, boqiy emasligini aytadi. Ingliz tilida bu hikoyat juda tushunarli va aniq ifodalangan. Azroil farishtasi ingliz tiliga Azrael tarzida o’girilgan. "It was Azreal, the executioner of heaven the angel of death made this complain: He Is about to die as a sentence has come from on high. At this hour I must stab his side with the danger of execution, saying him in India how extremely surprising and terrifying Azreal's job is to take souls even those who flew with the wind 102p" YUqorida aytganimizdek payg’ambarlar va farishtalar nomlari iudaizm, xristianlik, islomda mavjud bo’lib, bu nomlar barcha din vakillariga ma`lum. SHuning uchun bu nomlar tarjimasini anglab etish kitobxonlarda, ular qaysi din vakili bo’lishidan qat`iy nazar dostupno’y. Bu yana shundan dalolat beradiki, har bir din insonlarni ahillikka, birdamlikka, inoqlikka chorlagani kabi bu asarning bosh g’oyasi insonlarni bir biriga, atrofdagilarga va avvvlo Ollohga bo’lgan mehr muhabbatni namoyon etish va unga etishish yo’lidagi mashaqqatlarni ifodalashdir. Halk,larning turmush taxliti, tirikchilik sharoitlari, urf-odat, rasmrusm, irimsirim, udumlarida juda katta farkdar borki, mavjud rosmana lug’atlardan ularinng nomlariga muqobil so’z topib bo’lmaydi, umuman topilgan takdirda ham ulardan foydalanish qiyin bo’ladi, negaki bunday so’zlar asardagi tasvirlangan voqeaga o’zgacha milliy ma`no berish mumkin.
Xullas, bir tilning lug’aviy bo’lgan narsani boshqa tillarga o’girganda, tarjima qilinishi qiyin bo’lgan qo’shimcha izohtalab xos so’zlar, ba`zan esa umuman biror bir muqobil variant bilan tarjima qilib bo’lmaydigan realiyalar tarjimachilik ishida alohida o’rin tutadi. Chunki har bir halqning o’ziga xos urf-odatlar va udumlarni milliy turmush tarziga xos bo’lgan so’zlarni tarjimada berish qiyinchilik to’g’diradi. Va tarjimondan etarli mahorat talab qiladi. Tarjimon bo’lsa, o’sha odatlaru, rasmrusmlarni ham o’zga xalqlarning diniy udumlari, atamalari, kiyim nomlari (salla, do’ppi, chopon, kavush, mahsi)ni bilishi shart. Chunki, har bir xalqning urf-odatlari, milliy o’ziga xos xattiharakat va qiliqlari, yumor xususiyatlaridan xabarsizlik tarjimonga pand berib qo’yadi.
Ishda xos so’zlar ingliz tarjimoni tomonidan mohirlik bilan o’girilgan. Tarjima jarayonida tarjimon milliy koloritni to’laligicha saqlab qolishga xarakat qilgan, chet til kitobxoniga tushunarli bo’lishi uchun ko’plab ta`riflar (snoska)lardan, izoxdardan foydalangan. Ismrealiyalar, familiyalarni iloji boricha asl tilga yaqin holda tarjima qilishni, ya`ni transkriptsiya usuli orqali amalga oshirgan.
Xulosa qilib aytganda «Lison ut-tayr» asaridagi xos so’zlarning inglizcha tarjimalari go’zal, tushunarli, asliyatga yaqin ifodalangan.

XULOSA
Alisher Navoiy jahon adabiyoti tarixida asarlari chuqur donishmandlik va ijtimoiy falsafiy mazmun bilan so’g’orilgan buyuk so’z san`atkorlaridan biri sanaladi. Mutafakkir shoirniig hayot va Inson haqidagi qarashlari asosan badiiy ijodiyotda murakkab allegoriyalar, simvollar, muayyan nazariy tushunchalarni ifodalovchi obraz vositasida yuksak darajadagi shoirona til bilan ifoda etilgan. Bu sohada ayniqsa uning «Lison ut-tayr» dostoni o’ziga xos alohida o’rin egallaydi. Navoiy bu asarni yozishda Yaqin va O’rta Sharq xalklari adabiyoti tarixida keng qo’llanib kelingan qush tili bilan asar yozish an`anasiga murojaat qiladi va bu borada katta mahorat ko’rsatib, shu tipdagi asarlarning g’oyaviy badiiy yuksak namunalaridan birini yaratadi.
Majoziy usul orqali, xususan, qush tili vositasida badiiy asar yozish Sharq xalqlari adabiyotida qadimiy va murakkab tarixga ega ekanligi magistrlik dissertatsiyasida atroflicha o’rganildi. Abu Ali ibn Sino ilk bora Qush tili «Risolat ut tayr» asarini yozgan. Bu asar kush tili orqali falsafiy asar yozish an`anasini boshlab berdi. Qush tili asari Alisher Navoiyning «Hamsa»si kabi o’zbek klassik adabiyoti rivojlanishining o’ziga xos talablariga moe ravishda o’zbek tilidagi adabiyot ravnaqi uchun kurash ehtiyojlari zaminida maydonga keldi. Navoiy bu dostonni yozish bilan o’zbek tilida ham, forstojik adabiyotida bo’lgani kabi, majoziy uslubda chuqur falsafiy mazmunli badiiy asar yozish mumkinligini birinchi marta ilmiy jihatdan isbotladi va o’zbek adabiy tilining bu sohadagi imkoniyatlarini namoyish etdi.
Doston tarkibidagi hikoyatlar o’zlarining badiiy mazmunini ixcham tasvirlash manerasi, satira tig’ining beomonligi, nozik yumori, realistik elementlarga boyligi hamda o’zbek adabiyoti tarixida yangi xodisa xisoblangan bir qator tragikomik obrazlar mavjudligi bilan ham diqqatini jalb etadi. Bu xususiyatlari bilan ular shoirning xikonavislik faoliyatidagi yangi sifat o’zgarishlarini o’zida mujassam ettirib, bu soxadagi Navoiy ijodining eng yukori cho’qqisini tashkil etadi. Ular o’zbek kilassik adabiyotida realizmning shakllanishi va qaror topishida juda katta rol’ o’ynaydi.
Alisher Navoiyning epik poeziyadagi so’nggi yirik asari hisoblangan «Lison ut-tayr» dostoni o’zining ilg’or g’oyaviy mazmuni, janriy, xususiyatlari, obrazlar sistemasi, badiiy barkamolligi va boshqa jihatlari bilan faqat shoir ijodida emas, balki o’zbek adabiyoti tarixida ham juda katta voqea bo’ldi. Umumjahon klassik adabiyotida allegorikfalsafiy doston janrida yozilgan o’lmas asarlar qatorida badiiy kashfiyotning porloq timsoli bo’lib qoldi.
Tarjima bu xalqlarni, millatlarni, urf odatlarni, madaniyatni qolaversa insonlarni bir biriga bog’lash san`atidir. Tarjima bo’lmaganida dunyo xalqlari bir birlari haqida hech qanday ma`lamot bilimlar ololmas edilar. Shunday tarjimalarni amalga oshiradigan san`tkorlar trajimonlar xisoblanadi. Bu dissertatsiyada ham ana shunday mohir, bilimli tarjimon haqida so’z yuritdik. Bu tarjimon Garri Dik bo’lib u Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarini ilk bora ingliz tiliga tarjima qildi. A.Navoiyning «Lison ut-tayr» asari 2003 yilning oxirida O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti va AQSh Markaziy Osiyoga beg’araz yordam korporatsiyasi hamkorligida ingliz tilida kitob xolida nashr ettirildi.
Tarjima chiroyli nashr qilingan. Unga ishlangan bezaklar Kamoliddin Bekzod nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti sovrindori Toyir Boltaboev tomonidan mohirona yaratilgan. Garri Dik O’zbekistonda yashab o’zbek xalqi madaniyati, urf odatlari, an`analari, yashash tarzi va tilini o’rgandi. Shu bilan birga u Alisher Navoiy xayoti va ijodini o’rgangan tadqiqotchilar bilan yaqindan aloqada bo’lib ulardan kuplab foydali va zaruriy maslahatlar oldi. Natijada XV asrning qadimgi, noyob durdona asari hozirgi zamon inglizzabon kitobxonlari uchun qayta yaratildi.
Ishda realiyalar (xos so’zlar)ni o’zbek tilidan ingliz tiliga o’girish jarayoni taxdili qilingan. Asardagi o’zbek xalqiga xos bo’lgan, xalqaro va boshqa hil realiyalarning tarjimalari o’rganib chiqilgan. Asarda berilgan:
• Kiyim bosh, oyoq kiyim realiyalari tarjimasi.


  • Kasblar nomlarining tarjimasi.

  • Tasavvuf atamalari tarjimasi. Diniy atamalar tarjimasi.

• Nomlar va ismlar tarjimasi. Realiyalar nomlarining o’zbekcha inglizcha tarjimalarining qiyosiy jihatdan o’rganib chiqilgan. Har bir tarjimon uchun biror millatga xos so’zlarni, tushuncha va iboralarni o’z tilida tushunarli qilib etkazish bir oz qiyinchilik tug’diradi. Lekin Garri Dik uchun tarjima jarayoni katta qiyinchilik tug’dirmagan bo’lsa kerak, chunki u o’zbek xalqi bilan yaqindan tanish. Tarjimon realiyalarni o’girishda asosan transkriptsiya usulidan foydalangan, bundan tashqari sahifa ostidagi izoh va snoskalar bunday so’zlarni yanada tushunarliroq bo’lishiga yordam bergan. Umuman olganda «Lison ut-tayr» ingliz tilida g odda, go’zal, tushunarli va ommabop kitob sifatida nashr etildi.


http://fayllar.org
Download 30.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling