Iii. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari
Download 50.59 Kb.
|
Tarbiya metodikasi kurs ishi
2.Tarbiya tushunchasi
Tarbiya-keng tushuncha.Bolaga oilada birinchi bo’lib ota-onasi tarbiya beradi.Keyin maktabda ustozlari bilim va tarbiya beradi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan boʻlib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan boʻlib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar boʻlibgina qolmay, uning yetakchi gʻoyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham oʻz ichiga oladi. Tarbiya ta’limga nisbatan kengroq boʻlgan tushuncha hisoblanadi. Bunday tarbiya jamoatchilik oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutadi.Shunga muofiq tarbiya bilim bilan bog’liqdir. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Albatta, ta’lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi... Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy – tarixiy jarayonida samarali foydalanish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak qilib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil etishga koʻp jihatdan bogʻliq.Shunday qilib tarbiya-ijtimoiy hodisa jamiyat va indivitning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarur.U ma’lum tarizda shakillangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarsi natijasidagi aniq tarixiy sharoyitlarda amalga oshiriladi.Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xusussiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling