Iii. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari
Download 50.59 Kb.
|
Tarbiya metodikasi kurs ishi
II.Asosiy qism.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari. Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan boʻlib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti boʻlajak oʻqituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yoʻllari hamda bilim, koʻnikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining oʻrganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi boʻlajak oʻqituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va tadbirlarning mazmunli boʻlishini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta’sirga ega boʻlgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu oʻqituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham oʻqituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermogʻi lozim. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan har tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir. Oʻzbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim oʻrin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishlar sogʻlom hayot, sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda boʻlish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma’naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy oʻrin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma’naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy gʻurur, milliy tarbiya, milliy gʻoya, Vatan tuygʻusi, Vatan qaygʻusi, Vatan sogʻinchi va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dordga, ilmga va mashqqa degan edi, ulugʻ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shugʻullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir: - tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulgʻayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, oʻsmir va yoshlarning oʻziga xosligini hurmat qilish; - milliylikning oʻziga xos an’ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish; - oʻquvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, toʻlaqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishini ta’minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, koʻngilochar tadbirlar tashkil etish lozim. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - oʻquvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini oʻrganib, unga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish mahoratiga ega boʻlish ; - tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur boʻlgan metodlarni tanlab, koʻzlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini koʻra bilish ; - ilgʻor tajribalarni tahlil qilish va uni oʻz faoliyatida ijodiy foydalanish ; - tarbiyaviy ishlarning oʻquvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda oʻz bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim oʻrin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling