Iii xulosa. Rimda siyosiy hayot


Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II asri)


Download 28.78 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi28.78 Kb.
#1054321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rimning oltin davri

Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II asri). Domitsian o’limidan keyin senat 66 yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. Trayan Ispaniyada tug’ilgan bo’lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan Trayanni asrandi o’g’il va voris qilib tayinlashga majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o’zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar). Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo’ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi. Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yil urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G’ayratli imperator 115-116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo’shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg’og’idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 117-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117-138-yillar).U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi.
Adrian davlat resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo’shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki latin fuqaroligi bo’lmagan provinsiya aholisidan to’ldirishga ruxsat berdi, chunki qo’shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlkarni amalga oshirdi. U printseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko’plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko’plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi. Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko’pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod (180-193-yillar) imperator bo’ldi. Antoniylar sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib kalendarning barcha oylarini o’z nomiga o’zgartirdi, hatto Rimning nomini o’zgartirib uni “Kommod” shahri deb atashga buyruq berdi.
Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi, shundan so’ng senatorlar toifasiga qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va mavrlar qo’zg’olonlari qo’shin tomonidan zo’rg’a bostirildi. 192-yilning oxirgi kunida aqlsiz imperatorning mashuqasi va qo’riqchilar boshlig’i fitnasi natijasida Kommod o’ldirildi.
Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo’lida to’plana boshladi.Senat o’z siyosiy mavqeini yo’qotishi bilan uning tarkibi ham o’zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega bo’lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalarning qurboni bo’ldilar. Qolganlari esa kambag’allashib qoldi. Printsipatning birinchi yillarida ularning o’rniga suvoriylar, munitsipiylardan chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo’l ochildi. Vespasian davrida senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so’ngida kelib chiqishi gallardan bo’lgan kishilar kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko’pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo’qoldi.
Printsepslar hokimiyatini yana bir tayanchi suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o’zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini eng avvalo boyib ketgan moliya zodagonlari, o’rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko’tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylarga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi printseps mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati qo’riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar printsepsning shaxsiy kantselyariyasida xizmat qila boshladilar.
Shu vaqtgacha printsepsning shaxsiy kantselyariyasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod qo’yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avvalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko’pchiligi davlatdan tekin non olib zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edilar.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling