Iii xulosa. Rimda siyosiy hayot


Download 28.78 Kb.
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi28.78 Kb.
#1054321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rimning oltin davri

Oktavian Avgust hukmronligi davri /mil.avv. 27 yili va mil. 14-yillari/ da Rim davlatining ,,oltin davri"xisoblanadi. Bu davrda me‘morchilik rivojlanib, shaharsozlik avj olgan. Jamoat va ma‘muriy binolar kuplab qurilgan. Bu davrda imperator Avgust tomonidan ,,Tinchlik mexrobi", ,.Avgust maqbarasi", lashkarboshi Agrippa tomonidan qadimgi rimliklarning barcha xudolariga atab qurilgan ibodatxona-panteon quriladi.
Qadimgi rimdagi eng ulkan binolardan biri Kollizey amfiteatri xisoblanadi. Kollezeyning asosi 188x16 metr bo’lgan. Devorlarning balandligi esa 48,5 metr bo’lgan. Gladiatorlarning jangi uchun muljallangan bu bino o`ziga 55 ming tomoshabinni sig`dirgan.
Qadimgi Rimda obodonchilik ishlariga alohida e‘tibor berilgan. Jamoat bog`lari bunyod qilina boshlangan. Bu bog`lar atrofiga esa, hammomlar qurilgan. Ulkan suv saroylari qurilishiga ham alohida e‘tibor berilgan bo`lib, saroyda issiq va sovuq suv to`ldirilgan hovuzlar, gimnastika zallari va kutubxonalar bo`lgan. Milodning 211-216 yillarida imperator Karakalla tomonidan qurilgan suv saroyi o`zining mozaika va devoriy suratlari, haykallar va amaliy san‘at namunalari bilan bezatilishiga ko`ra kishilarni hayratlantirgan. Mazkur suv saroyi 11 gektar yerni egallagan. Bundan tashqari qadimgi Rimliklar yo`l qurilishi sohasiga ham alohida e‘tibor berganlar. Yo`llarning yoqalarida ariqlar qazilgan. Har ming qadam /miliya/ da yo`l bo`yiga aholi yashaydigan shahar va qishloqlarga qancha masofa qolganligini ko`rsatuvchi belgilar o`rnatilgan. Yo`llarga tosh yotqizilgan. Yo`l qurilishining rivojlanishi natijasida milodning II asriga kepib, Rim imperiyasida jami 80 ming kilometrga cho`zilgan 372 ta tosh yotqizilgan yo`l mavjud bo`lgan. Italiyaning asosiy yo`llari Rimdagi Forum /markaziy maydon/ dan boshlangan. Shaharning asosiy ko`chalariga haykallar va dekorativ bezakli ustunlar o`rnatilgan. Qadimgi Rim haykaltaroshligining rivojida dastlab etrusk haykaltaroshligining ta‘siri benihoya katta bo`lgan. Mil.avv. II asrdan boshlab Rimga Sitsiliyadan, Gretsiya va Kichik Osiyodan ko`plab haykallar keltirilgan. Keyinchalik esa, rim haykaltaroshlari qadimgi yunon haykaltaroshligiga taqlid qilishib, ko`plab haykallar yarata boshlaganlar. Dastlab haykaltaroshlikning portret janri rivojlangan. Chunki Rim zodagonlari o`rtasida o`z uylariga avlod-ajdodlarining portret-haykallarini qo`yish odatga aylangan. Shuningdek Rim forumiga, maydon va ko`chalarga mashhur lashkarboshi va siyosiy arboblarning ham haykallarini o`rnata boshlaganlar.
Qadimgi Rim 
Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling