Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Korxona bo‘linmasining mulkini ijaraga olish asosida ijara korxonasini barpo etish


Download 32.17 Kb.
bet10/11
Sana13.02.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1195144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ijara qonuni

26-modda. Korxona bo‘linmasining mulkini ijaraga olish asosida ijara korxonasini barpo etish
Korxonalarning ishlab chiqarishlari, sexlari, bo‘linmalari, fermalari va boshqa bo‘linmalari mulkini ijaraga olish asosida o‘sha bo‘linmaning roziligi bilan ishchilarning o‘zlari, o‘zga jamoalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan korxonani ijaraga berish vakolati bo‘lgan idoraning qaroriga ko‘ra ijara korxonasi barpo etilishi mumkin.
Ijara shartnomasi mulkining bir qismini ijaraga topshirayotgan korxona bilan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday ijara korxonasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ro‘yxatga olinadi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Xo‘jalik ichidagi ijara pudrati
Korxona o‘z bo‘linmalarining xodimlariga mol-mulkni xo‘jalik ichidagi ijara pudrati shaklida ijaraga berishi mumkin.
Korxona bilan ana shunday ijarachi jamoa o‘rtasidagi munosabatlar shartnomada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer va boshqa tabiiy resurslarni xo‘jalik ichida ijaraga olish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va shartnoma bilan tartibga solib turiladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga qarang.
28-modda. Jamoat birlashmalari va tashkilotlariga qarashli mulk asosida ijara korxonalarini barpo etish
Jamoat birlashmalari, tashkilotlari o‘zlari belgilaydigan va ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan shartlar asosida o‘z korxonalarini va ularning bo‘linmalarini ijaraga berishga haqlidirlar.
III BO‘LIM. MULKNING FUQAROLAR TOMONIDAN IJARAGA OLINIShI
29-modda. Ijarachilarning yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olishdagi huquqlari
Ijarachilar yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olganda ushbu Qonunda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladilar.

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling