30-modda. Yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olish sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni ijtimoiy sug‘urtalash va ijtimoiy ta’minlash
Yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olish sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ishchi va xizmatchilar bilan bir qatorda ijtimoiy sug‘urta qilinishi va ijtimoiy jihatdan ta’minlanishi kerak.
Ijarachilarning sug‘urta badallari to‘lab turilgan davr mobaynidagi ishi ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.
IV BO‘LIM. NIZOLARNI HAL QILISh, IJARA MUNOSABATLARI, SUBYEKTLARINING JAVOBGARLIGI
31-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijara shartnomasini tuzish, bajarish va to‘xtatish masalalari yuzasidan ijarachilar bilan ijaraga beruvchilar o‘rtasidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tegishli sud tomonidan hal etiladi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Ijara munosabatlari subyektlarining javobgarligi
Quyidagi hollarda:
Shartnoma tuzish tartibi va shartlarini buzishda;
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikda;
Shartnomani bir tomonlama o‘zgartirishda yoki bekor qilishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnomani o‘zgartirish va to‘xtatish tartibi hamda shartlarini buzishda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, davlat idoralarining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ijara to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘zgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik ko‘zda tutilishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jabrlanuvchiga to‘lashlari shart.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi ijaraga olingan korxonaning qarzlari bo‘yicha:
o‘z mol-mulki bilan (davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z mol-mulki hamda ijarachi jamoa a’zolarining shaxsiy mol-mulki bilan (jamoa mulkiga, xususiy mulkka asoslangan ijara korxonalari uchun, shuningdek yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijara sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun), ular yetarli bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanadigan tartibda va hajmlarda javobgar bo‘ladi.
(32-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-noyabr,
427-XII-son
Do'stlaringiz bilan baham: |