Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Mol-mulk boshqa mulkdorga o‘tganda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi


Download 32.17 Kb.
bet6/11
Sana13.02.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1195144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ijara qonuni

16-modda. Mol-mulk boshqa mulkdorga o‘tganda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga olingan mulkka egalik qilish huquqi yoki O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchiligida sanab o‘tilgan huquqlar ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga o‘tganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yangi mulk egasiga nisbatan ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
Mulk egasi bo‘lmagan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda uning ijaraga beruvchi sifatidagi majburiyatlari va huquqlari, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, huquqiy vorislarga o‘tadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish
Ijara shartnomasi to‘xtatilgach, ijarachi mulk, yer va boshqa tabiiy resurslarni shartnomada aytib o‘tilgan holatda ijaraga beruvchiga o‘z vaqtida qaytarishga majburdir.
Agar ijarachi ijaraga olingan mulkning holatini yomonlashtirgan bo‘lsa yoki uni o‘z vaqtida egasiga qaytarmasa, shuning oqibatida yetkazilgan zararni ijaraga beruvchiga to‘lashga majburdir.
18-modda. Ijaraga olingan mulkni sotib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan to‘la yoki qisman sotib olishi mumkin, yer va boshqa tabiiy resurslar bundan mustasnodir. Davlat mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda sotib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish ijarachining o‘z mablag‘lari, shu jumladan ijara sharoitida xo‘jalik faoliyatini olib borishdan kelgan daromadlar, ijarachiga qarashli mol-mulkni sotishdan tushgan pul, shuningdek kreditlar hamda amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan usullar bilan qo‘lga kiritilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(18-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish uchun davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ijaraga olingan mulkni sotib olish cheklanadigan yoki bunga ruxsat etilmaydigan hollar ko‘zda tutilishi mumkin.

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling