III. Aholi va turistik faoliyat subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish
23.
|
Hududlarda tadbirkorlik subyektlariga turizm sohasida berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot berish va targ‘ib qilish bo‘yicha soliq bojxona organlari va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tashkil etish.
|
Tashkiliy choralar
|
yil davomida
|
Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(M. Azimov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
|
24.
|
Mahalliy va xorijiy madaniyat va san’at arboblari ishtirokida hududlarning boy madaniy-tarixiy va turizm salohiyatini yorituvchi turkum teleko‘rsatuvlar yaratish.
|
Ijrochilar qarori
|
yil davomida
|
MTRK (A. Xodjayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev)
|
25.
|
Turistlar erkin yo‘nalish olishlari uchun respublika bo‘yicha asosiy turistik namoyish obyektlari va turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llarda yagona shakldagi turistik-axborot ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.
|
Tashkiliy choralar
|
1-iyulgacha
|
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
(A. Abduvaliyev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
26.
|
O‘zbekiston bo‘yicha ichki turizmni rivojlantirishga ko‘maklashayotgan eng yaxshi turoperator, ish beruvchi, OAV va bloger, shuningdek, mamlakat bo‘ylab sayohatchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar tashkil etish va o‘tkazish.
|
Tashkiliy choralar
|
dekabr
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|