Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari Reja: Ijodni ifoda etish usullari


jonli mushohadadan nazariy jihatlarga o‘tish aniqlikdan abstraksiyaga o‘tish demakdir


Download 100.5 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1489571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy jarayonni ifoda etish shakllari va metodlari

jonli mushohadadan nazariy jihatlarga o‘tish aniqlikdan abstraksiyaga o‘tish demakdir. Ijod bu bilan oxiriga yetmaydi, albatta. Aniqlikdan abstraktlikka o‘tish ham zarur. Demak, abstraksiya insonning, ijodkorning ongi tafakkuri bilan bog‘langan. Insonsiz abstraksiya, abstraksiyasiz inson bo‘lishi mumkin emas.
Takidlaganimizdek, abstraktlashtirish ob’yektlarni mukammal bilishda fikriy jihatdan ko‘maklashadi. Masalan: iqtisodiy nazariya ham turli tushuncha va qonunlardan tashkil topadi. Bozor, pul, qiymat, tovar, ishlab chiqarish usuli, bozor munosabati, qo‘shimcha qiymat, raqobat, daromad, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari kabi tushunchalar abstraksiyalash holatining mahsulidir. Abstraktlash jarayoni mantiq va matematikada ustuvor xarakterdadir.
Demak, abstraktlashtirish orqali ham bilimga ega bo‘linadi. Bu jarayon, ya’ni abstraktlashtirish ideallashtirishning bir turidir, yoki aksincha. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Ideallashtirishda ob’yektning moddiylik jihatlarini inkor etib, xayoliy bir narsa yoki hodisani topishga qaratilgan jarayon tushuniladi. Ideya so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “g‘oya” bo‘lsa, ideallashtirish deganda, umuman g‘oyalashtirishni tushunmaslik kerak.
Ideallashtirish va abstraktlashtirish o‘rtasida umumiylik hamda tafovut ham bor. Ikkala sohada ham maqsadni bajarishda sohadan uzoq turib ish yuritiladi. Ammo ularning sohadan uzoq turishlik xossasi bir xil emas.
Demak, narsa va hodisadan umuman uzoq turish, bu ideallashtirishning yuqori nuqtasidir. Abstraktlashtirishda birinchi, ikkinchi, uchinchi kabi darajalar bo‘ladi. Abstraksiya yordamida olingan mukammallik natijasi ideallashtirishdir. Binobarin, ideallashtirish deb, tabiat va jamiyatdagi narsa yoki hodisani o‘rganishda uning barcha xususiyatlarini o‘rganib emas, balki faqat kerakli bir xususiyati orqali o‘rganish mumkin ekanligini tushunmoqlikka aytiladi. Ideallashtirish o‘rinsiz bo‘lsa, turli xatoliklarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, tarix voqealarini ideallashtirish bunga misol bo‘ladi. Tarixiy voqealarni qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tushuntirish lozim. Aks holda noto‘g‘ri, yolg‘on xulosalarga olib keladi va ijod hamda ijodkorni chalkashtiradi.
Ilmiy ijodda
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling