Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari Reja: Ijodni ifoda etish usullari


Umumiy fikrdan, qonundan xususiy qonunlarni mantiqiy ravishda keltirib chiqarish, kashf etish, ijod qilish deduksiyaning asosiy vazifasidir


Download 100.5 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1489571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy jarayonni ifoda etish shakllari va metodlari

Umumiy fikrdan, qonundan xususiy qonunlarni mantiqiy ravishda keltirib chiqarish, kashf etish, ijod qilish deduksiyaning asosiy vazifasidir. O‘z vaqtida buyuk alloma al- Xorazmiy har xil xususiy hollardan induksiya yo‘li bilan o‘zining “uch kvadratli” tenglamasini tuzgan. Induksiya va deduksiya o‘zaro bog‘lanish munosabatida bo‘lganda ijod ravnaq topadi. Hozirgi paytda induksiya va deduksiya usullari fan va texnikada, iqtisodiyotda keng qo‘llanilmoqda va turli nazariyalarni ishlab chiqishda qo‘l kelmoqda.
Ilmiy tadqiqot olib borishda analiz va sintez usullari ham qo‘llaniladi. Analiz va sintez ma’lum qismlar bilan bir butun orasidagi aloqa va munosabatlar, xususiyatlarni aniqlash yo‘li bilan bilim beradigan jarayonlardir. Analizda butun tizim moddiy yoki fikran qismlarga ajratiladi. Analiz butunni bilishning asosiy va zaruriy bosqichidir. Analiz va sintezlash jarayoni insonlarning nazariy, amaliy faoliyatlaridan kelib chiqqan va takomillasha borgan. Insonlar o‘z tafakkuri orqali turli sohalarni analiz va sintez qilib keyinchalik kundalik ehtiyojidan olingan natijalarni hayotga tatbiq etganlar. Avval butunni qismlarga ajratib, so‘ng bu qismlarni bir-biriga qo‘shib butunni yaratganlar. Qismlar avval alohida – alohida bo‘laklarga bo‘linib o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. Bu xulosalar butun uchun sintezdir. Ilmiy ijodda analizning o‘zi yakka holda natija bermaydi. Shu sababli sintezga murojaat qilinadi. O‘z navbatida sintez ham shunday tavsifga egadir. Murakkab tizimli ob’yekt o‘z bo‘laklari yig‘indisidan iborat bo‘lmaganda uni tafakkurda o‘zaro aloqadorlikni to‘laligicha qaytadan hosil qilish uchun sintezdan foydalaniladi. Demak, sintez va analiz uslublari biri ikkinchisini taqozo etadi. Aynan sintez yo‘li bilan inson o‘z tafakkuri orqali ko‘plab aniqliklar va munosabatlarni aniqlaydi, yaxlitlikni keltirib chiqaradi. Sintez butunlikni ta’minlaydi. Analiz va sintez ijodning atigi bir-birini to‘ldiruvchi, bir-biri ketidan boruvchi tor jarayoni emas. Analiz va sintez ijodning har bir bosqichida ob’yekt aloqadorligini ham ifodalaydi. Analiz sintezsiz samarasizdir. Binobarin, analiz qilinganda ijodkor narsaning bo‘laklariga to‘la tushunib yetadi. Shunday bo‘lsa-da, sintezga murojaat qiladi. Sintez ob’yektning birikuvini qay holatda borishini tushunishga yordam beradi. Demak, analizsiz sintez, sintezsiz analiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda ijod jarayoni ham to‘liq bo‘lmaydi. Analizning asosiy vazifasi murakkab tizimli butunni, unsurlarini, sifatini o‘rganishdan iborat. Chunki butunning mohiyati bo‘laklar orqali ochib beriladi. Narsalarni, ob’yektlarni tavsif qilish analizga bog‘liq. Masalan: iqtisodiy sohalarni analiz qilish ishlab chiqarish jarayonining taraqqiy etishiga imkon yaratadi yoki aksincha, ishlab chiqarish usulini bilish uchun avvalo ishlab chiqarish kuchlarini, ishlab chiqarish munosabatlarini, taklif va talablarni yakka-yakka analiz qilish lozim. Bu holatlar tafakkur orqali amalga oshadi. Zero, tafakkur ijod jarayonining o‘zagidir. Analiz va sintez qotib qolgan jarayonlar emas. Ular ta’sirida ham yangi fikrlar ijod namunalari kelib chiqadi. Masalan: fan taraqqiyotini analiz qilish natijasida yangi fanlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ular esa falsafiy sintez qilinadi. Murakkab tizimlarni birdaniga bilib bo‘lmaydi. Ularni tashkil qilgan birlashmalar alohida-alohida o‘rganilib, so‘ng butunligicha ham o‘rganiladi.
Ilmiy ijod
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling