Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari Reja: Ijodni ifoda etish usullari


Download 100.5 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1489571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy jarayonni ifoda etish shakllari va metodlari

qiyoslash usulidan ham foydalanishni taqozo etadi. Qiyoslash tadqiq qilinayotgan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni bilishga, ularning aloqa va munosabatlarini aniqlashga yordam beradigan bilish usulidir. Qiyoslashning ikki turi mavjud:
1. Aloqador bo‘lmagan ob’yektlarni qiyoslash;
2. Aloqador bo‘lgan ob’yektlarni qiyoslash.
Ushbu usullar yordamida tadqiqotchi o‘z tadqiqoti jarayonida yangi xulosa va mulohazalarni beradi. Yangi ilmga ega bo‘ladi. Bu uslub analiz uslubi bilan aloqa va munosabatdadir. Ular biri ikkinchisini to‘ldirishga yordam beradi.
Ilmiy ijodda abstraksiyadan ham foydalaniladi. Abstraksiya deb, ko‘p qirrali ob’yektlarning har birini yakka-yakka holda emas, balki ma’lum bir qismi haqida umumiy fikr yuritishga aytiladi. (Abstraksiya - uzoqlashuv, mavhumlik). Abstraksiyada manbaning ba’zi xususiyatlari va bog‘lanishlari fikran ajratiladi. Uning boshqa xususiyatlari va bog‘lanish hamda munosabatlari nazardan soqit qilinadi. Buning ta’sirida paydo bo‘lgan tushuncha, tasavvur, abstraksiyadir. Abstraksiyada narsa aniq holda bilinmaydi, mavhum holda inson ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan: kundalik hayotda uchraydigan hodisalar, o‘rikning pishishi, samolyot uchishi, quyoshning ko‘rinishi aniqdir, lekin bular doimiy harakatni bildiradi. Aslida bu jarayonlar abstraksiyadan dalolat beradi. Shuni unutmaslik kerakki, abstraksiya aniq narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Unda predmetdan uzoqlashib, chetlab o‘tish namoyon bo‘lsa-da, aslida ularning mohiyati mazmuniga kirib borishiga sharoit yaratiladi.
Abstraksiya har xil qo‘shimcha ta’sirlardan yiroqlashgan holda, ob’yektlarning asosiy muhim xususiyatlarini ajratib olib, sof holda qarab chiqish va shunga asosan ularning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Insonlarning amaliy faoliyati qanchalik murakkablashib borgani sari, ularning abstraksiyalash qobiliyatlari ham taraqqiy etib, takomillashib boradi. Amaliy ehtiyojlar oxir oqibatda turli fanlar bilan birga abstraksiyalarni vujudga keltirib, ob’yektlarning ko‘plab xususiyatlaridan qaysi birini ajratib ko‘rsatishini aniqlab beradi. Binobarin,
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling