Ijro nazorati faoliyatini tashkil etish


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti


Download 90.23 Kb.
bet2/10
Sana17.01.2023
Hajmi90.23 Kb.
#1097424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NOMENKLATURA (4)

Hujjatlar ustida ishlash tartiboti

Ta`lim muassasasiga kelgan hujjat harakatda bo’ladi- ko’chgan ma`noda aytsak “yuradi”. Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig`ma jildga yuborilishi yoki topshirilishigacha bo’lgan jarayonni qamrab oladi. Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin :



  1. Kirim hujjatlar – boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar

  2. Chiqim hujjatlar – boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar

3. Ichki hujjatlar – tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar.
Kirim hujjatlar quyidagi jarayonlardan o’tadi:

  • ta`lim muassasasi elektron pochtasi orqali kelgan hujjatlarni qabul qilish va ikki nusxada chiqarish;

  • dastlabki ko’rib chiqish va bir nusxasiga fishka qo’ygan tarzda rahbarga kiritish;

  • rahbar tomonidan ko’rilgach, rezolyutsiya qo’yilgan fishkali hujjatni mas`ul ijrochiga etkazish;

  • hujjatning ikkinchi nusxasini maxsus qayd etish kitobiga kiritish va qayta rahbar imzosini olish;

  • kelgan hujjatda ijro sanasi va ijrochining imzosi ko’rsatilgan holda qabul qilish;

  • kelgan hujjat ijrosi ta`minlangandan so’ng bajarilganligi haqidagi belgi ko’rsatilib, nazoratdan chiqarish.

Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash ta`lim muassasasida biriktirilgan mas`ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlar devonxonada dastlabki ko’ruvdan o’tkazilayotganda, bevosita tashkilot rahbari ko’radigan hujjatlar alohida ajratiladi, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni , O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan hujjatlar.
Hujjatlarni ko’rib chiqish va ijro etuvchilarga etkazish ularning kelib tushgan kunida yoki ish payti bo’lmagan vaqtda kelib tushganda , birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatning asli munosabat belgisi ( rezolyutsiya)da birinchi ko’rsatilgan ijrochiga beriladi. Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarurati tug`ilganda, tashkilot rahbari ko’rib chiqqungacha , uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo’l qo’yiladi.

Download 90.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling