Ijro nazorati faoliyatini tashkil etish


Hujjatlar yig`ma jildlari nomenklaturasini tuzish va yig`majildlarini shakllantirish


Download 90.23 Kb.
bet5/10
Sana17.01.2023
Hajmi90.23 Kb.
#1097424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NOMENKLATURA (4)

Hujjatlar yig`ma jildlari nomenklaturasini tuzish va yig`majildlarini shakllantirish
Hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g`risida”gi 101-son qarori, Namunaviy va sohaviy ro’yxatlari asosida tuziladi hamda ta`lim muassasasida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan yig`majildlarning sarlavhalaridan iborat doimiy ro’yxati va ularni saqlash muddatlarini aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi. Yig`majildlar nomenklaturasini tuzilishidan maqsad, hujjatlarning to’g`ri taqsimlanishi va tuzishi, ularni hisobga qo’yilishini va o’z vaqtida topilishini ta`minlashdir .
Umumiy, jamlama hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasi ta`lim muassasasining ekspert komissiyasi bilan oldindan ma`qullab olinib, tashkilot arxivi bilan belgilangan tartibda kelishilib, rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy, jamlama hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasi ro’yxati tuzilmaviy, tarkibiy bo’limlarning yig`majildlar ro’yxati asosida tuziladi. Hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasida tasdiqlangan shtatlar jadvali yoki tuzilmasiga (strukturasiga) muvofiq tartibda joylashtiriladi.
Tarkibiy bo’limlar ichida hujjatlar yig`majildlari ahamiyatiga ko’ra quyidagi sxema bo’yicha joylashtiriladi:
- YUqori organlarning tashkiliy – ko’rsatma hujjatlari;
- Tashkilotning tashkiliy -ko’rsatma hujjatlari;
- Bayonnomalar va ularning hujjatlari;
- Rejalar;
- Hisobotlar;
- Ma`ruzalar;
- Sharxlar, bildirishnomalar;
- Ma`lumotnomalar, dalolatnomalar;
- Ma`lumotlar;
- Limitlar, talabnomalar;
- Ma`lumotnoma varaqchasi;
- YOzishmalar.
Hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasiga tashkilot faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlar yig`majildlari, ma`lumotnoma va nazorat varaqchalari, shaxsiy hujjatlar yig`majildlari, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar hujjatlar yig`majildlari kiritiladi.
Hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasiga bosma nashrlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to’plamlari, risolalar, ma`lumotnomalar, axborot varaqalari, byulletenlar, ko’rsatkichlar, ekspress axborotlar kiritilmaydi.
Yig`majildlar nomenklaturasidagi hujjatlar yig`majildlari sarlavhalari hujjatlar tarkibi va mazmunini aks ettirishi kerak, yig`majildlari nomenklaturasiga hujjatlar yig`majildlarining sarlavhalari doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarning yig`majildda alohida guruhlanishini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Har bir sarlavhada hujjatning turi uning mazmuni ko’rsatilishi kerak, yozishmada - mualliflar ko’rsatiladi.
Ko’rsatma beruvchi hujjatlar yoki bayonnomalarni o’z ichiga olgan hujjatlar yig`majildlari sarlavhasida hujjatning asl nushasi yoki nushasi ekanligi ko’rsatilishi kerak.
Hujjatlar yig`majildi bir masalaga taalluqli, ammo ish yuritish izchilligi bilan o’zaro bog`lanmagan, har xil turdagi hujjatlardan iborat bo’lgan hollarda sarlavhalarda “hujjatlar” atamasi ishlatiladi.
Yig`majildlar nomenklaturasi ijro etilgan hujjatlarni yig`majildga taqsimlash va guruhlash, ishlar indeksatsiyasini mustahkamlash, ijro etilgan hujjatlar bo’yicha ma`lumot kartotekasini tuzish sxemasi sifatida ularning saqlanish muddatlarini belgilashga xizmat qiladi va doimiy saqlanish uchun muassasa arxividagi hujjat hisoblanadi.
Hujjatlar yig`majildi tartib raqami ikki elementdan: bo’limning tartib raqami va mazkur tarkibiy qism doirasidagi yig`majildning tartib raqamidan iborat bo’ladi (01-01,01-02, 02-01 va shu tartibda).
Yil davomida paydo bo’lgan va nazoratda tutilmagan yig`majildlar nomenklaturaga qo’shimcha ravishda kiritiladi. Shu maqsadda yig`majildlar nomenklaturaning har bir bo’limida zaxira raqamlar qoldiriladi.
Yil tugallanganda hujjatlar yig`majildlari nomenklaturasining so’nggi varag`ida yig`majildlar soni to’g`risida yakuniy yozuv yoziladi.
Texnikum vazifasi va tuzilmasi, tarkibi o’zgargan holda yig`majildlar no-menklaturasi qayta ko’rib chiqiladi va qayta tasdiqlanadi. Agar tarkibi va vazifalarida o’zgarishlar bo’lmasa, har yili joriy yilning dekabr oyidan kechiktirmay yig`majildlar nomenklaturasiga aniqlik kiritiladi, qayta nashr qilinadi va keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab tadbiq qilinadi.
Ta`lim muassasasining ijro nazorati xodimi tomonidan yuritiladigan hujjatlar namunalari ilovada keltirilgan.(ilova 9).

Download 90.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling