Ijtimoii pedagogika
Download 2.21 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.V.Grebennikov
Patronat (lotincha patronatus — homiylik qilish) ota- onalarsiz qolgan bolalarni davlat organlari va patronat qiluvchi bolani qabul qilib oluvchi shaxslar o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha bolani tarbiyalashga berish.
Oila tashxisi va oila tarbiyasi masalalari pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doyr turli xil yondashuvlar mavjud. Shulardan biri I.V.Grebennikov tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondashuvdir. Bu yondashuvning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ba’zi mamlakatlarda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida ota- onalar, umuman oila uchup ommaviy ta’lim dasturi ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning bola tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvofiq bo‘lingan. Lekin bu dasturlar anonim tarzda olib borilgan. Har kщvday faoliyat aniq manzilga qaratilgan bo‘lsa o‘z samarasini beradi. Shuning uchup ham muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhgoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqtab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya’ni oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofikdir. Chunki oila tarbiyasida aynan oila tashxisi muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan maxsus amaliy ish. Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraktikumlar) muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada sog‘lom turmush tarzini saqtashga doyr ota-onalarning pedagogik psixologik tayyorgarligiga bo‘lgan ehgiyojni tashxis etish bo‘yicha maxsus amaliy ish suyidagicha amalga oshiriladi: maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutukdarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanligini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doyr anketalar tarqatish, ularga javoblar o lit, taxdil etish, ularning tavsifiga ko‘ra ota-onalarni kichik guruhtarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatlardir; tashxis asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. Oila tashxisini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitini o‘rganishga doyr «Tipik oilaviy hayot», «Oila hayajonlari tahlili», «Oilaning kinetik rasmi» nomli maxsus test ishlarini o‘tkazish kabi metodlardan foydalanish mumkin. Savol va topshiriqlar: Oila tipalogiyalari haqida fikr yuriting. Bola asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat qapday amalga oshirilishi kerak? Ota-onalar bilan olib boriladigan maxsus amaliy ish mazmuni nimadan iborat? Oila va uning asosiy vazifalari Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling