Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet94/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

MURUVVAT KO‘RSATISh muhtojlarga yordam, xayriya- sahovat — alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan muhtojlarga yoki aholi guruhlarsha beminnat yordam berish. Rahm-shavqat, mar- hamat, rahmdillik — barchaga yordam berish yoki o‘zgalarni kechirish, g‘amxo‘rlik, insonparvarlik qilish.
XAYRIYa — (muhtojlarga yordam, xayr-sahovat) — muhtoj odamlarga yoki aholining ijtimoiy guruhlarsha xususiy shaxslar, yoki tashkilotlar tomonidan bepul yordam ko‘rsatish.
MEHRIBONLIK — (mehr-sahovat) (rahm-shavqat, marhamat) — rahmdillik, odamiylik, insonparvarlik yuzasidan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir kechirish.
Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o‘z bilimlarini boyitib borishi shart:
milliy istiqtol g‘oyasi huquqiy-me’yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruk, tap, ko‘rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va h. k.);
ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi;
yosh davrlar psixologiyasi;
sotsiologiya;
Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko‘nik- malarga ega bo‘lishi talab etiladi:
analitik, ya’ni sotsiumda ro‘y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruhiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doyr hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo‘yicha bola­ning muammolarini hal etish yo‘llarini ko‘ra bilish;
loyihalash, ya’ni, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmu- nini aniqtash va rejalashtirish;
refleksiv, ya’ni ijtimoiy pedagog o‘zining faoliyatini tahtil etib borishi;
kommunikativ, ya’ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqot madaniyatini egallashi. U boshkrlar fikrini eshita bilish, muloqotga kirisha bilish, faktlar to‘plash singari faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
kasbiy status — bu kasb kodeksida ko‘rsatilib, sub’ektning insonlararo munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqtari, majburiyatlaridir.
Ijtimoiy pedagog huquqlari va axloqiy majburiyatlari
Ijtimoiy pedagog jurnalistlar kabi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib bora olishi kerak. Buning uchup u davlat qonun chiqaruvchi organlari bilan mustahkam aloqada bo‘lishi talab etiladi, o‘zining bu faoliyatida u:
bolalarning, umuman jamiyat a’zolarining ijtimoiy talablariga doyr axborotlar to‘plash, sotsiologik savol-javoblar o‘tkazish, tashxis-tekshiruv ishlarini olib borish xukuqiga;
muayyan ijtimoiy muammolarni hal etish yuzasidan jamiyat organlariga va davlat tashkilotlariga murojaat etish huquqiga;
davlat organlarini ular faoliyatiga doyr mavjud muammolardan xabardor etish huquqiga;
ijtimoiy faollik va u yoki bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar, homiylarni rag‘batlantirish xuquqiga;
ommaviy axborot vositasi yordamida ma’lum ijtimoiy faoliyat yoki namunaviy oila tarbiyasi tajribalarini targ‘ib etish huquqiga;
yashash joyi, ish va o‘quv jarayonlarida ma’lum ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi xukukdarga ega.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling