Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet111/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Modellashtirish. Ota-onalar bolaning hamda voqeaning boshqa ishtirokchilarining xatgi-harakatlari va qilgan pojo‘ya ishlarining ketma-ketligini tiklaydilar: ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlarini, upish qapday bo‘lganligini tavsiflab berishni so‘ravdilar, unisi nima degan-u, bunisi nima deganini surishtiradilar. Bu voqea ishtirokchilaridan har birining, shu jumladan bolasining ham, aybdorlik darajasini aniqpashga imkon beradi.
Bolaning axloqini genetik tahlil qilish. Bunda bolaning javobgarlikdan qochishga bo‘lgan barcha urinishlari, tipik vaziyatlardagi axloqining o‘ziga xos xususiyatlari esga olinadi, upish tasodifiy ishlari bilan xarakterli fe’l-atvori o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik aniqlanadi. Bu boladagi kamchilik mustah- kamlangan yoki mustahkamlanmaganligini, qanday choralar ko‘rish mumkinligini tushunib olishga yordam beradi. Ota-onalar ko‘pincha: «Hech sachon o‘g‘lim shunday ish silishi mumkin debuylamagan edim!», — deydilar. Bu ularning bolaning avvalgi nojo‘ya ishlari, bir qarashda unchalik ahamiyatli bo‘lmagan ishlarni tahlil qilmaganligining natijasi. Vaholanki, ana shu arzimagan ish bolaning xulq-atvorida kamchilikning mustahkamlanishiga yordam beradi va pirovardida qonunbuzarlikka olib keladi.
Analogiya (o‘xshashlik). Ota-onalar o‘xshash voqea, hodisa, ishlarni esga oladilar va bolaning xulq-atvoridagi tipik belgilar asosida sodir bo‘lgan voqeaning va o‘z vaqgida chora ko‘rilmasa ro‘y berishi mumkip bo‘lgan voqea-hodisalarning aniq manzarasini ko‘z oldiga keltiradilar.
Taxminiy fikrlarni ilgari surish. Nojo‘ya ishni bola birovning tashabbusi bilan qilgani, o‘zi esa qapdaydir sabablarga ko‘ra bupi tan olmayotganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan bo‘lsa, bu usul ko‘p qo‘llaniladi. Taxminiy fikrlar shunday bo‘lishi mumkin: bolaning tengdoshlaridan yoki kattalardan kim o‘g‘li yoki qiziga ko‘proq e’tibor berishini, nima uchun e’tibor berayotganligini o‘ylab ko‘rish; voqea sodir bo‘lish vaqgida vujudga kelgan holatlarni eslash; voqea arafasidagi bolaning psixikholatini tahtil qilish; upish xatti- harakatlari, ishlari boshqa kishilarga bog‘liqligini aniqlash; o‘zini bolaning o‘rniga qo‘yib ko‘rish («Men qanday ish tutgan bo‘lar edim?»); bular asosida paydo bo‘lgan taxminiy fikrlarni aniq voqea-hodisalar bilan taqqoslash.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling