Chekinishning (og‘ishning) turlari.
Me’yorlardan chekinishning to‘rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy.
Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog‘ligi bilan bog‘liqbo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo‘yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritiщsa imkoniyatlari cheklangan, ya’ni sog‘ligi tufayli o‘z qobiliyatini yo‘qotgan, defekta bor insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Sog‘ligi va rivojlanilsh jihatidan chekinishlarga duch kelgan insonlar turli klassifikatsiya- larga ajratiladi. Shunday imkoniyatlari cheklangan insonlar guruhiga quyidagilar kiradi:
kasallar va betoblar. Bular faoliyat yuritishda qiyin- chiliklarni vujudga keltiruvchi anatomik elementlar, psixik yoki fiziologik anomaliyalar yoki yo‘qotilglarga luch kelgan in- sonlardir.
imkoniyatlari cheklangan insonlar. Bular qabul qilingan me’yorlardan chekingan yoki o‘z qobiliyatlarini yo‘qogtan insonlardir.
ishga layosatsiz, nogiron insonlar. Bu yoshi, jinsi va turli ijtimoiy faktorlardan kelib chiqkщg holda insonning jamiyatdagi ijtimoiy rolini bajarshldagi imkoniyatlarining cheklanshnidir,
Bupla «kamchilik» tushunchasi qo‘llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda ogir kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Jismoniy kamchilik bu — inson rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar: xronologik, somatik yoki yuqumli kasal- liklarrщ).
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar bo‘lib, u ta’lim olishda ma’lum qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin. Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik ham jismoniy va psixik kamchiliklarni o‘z ichiga oladi.
Og‘ir kamchilik — bu Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim olishga layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |