Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy me’yor ikkita guruhga ajratiladi


Download 2.21 Mb.
bet115/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy me’yor ikkita guruhga ajratiladi:
universal, ya’ni jamiyatdaga barcha insonlarga xos.
xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalariga xos me’yorlardir.
Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek, huquqiy, ma’naviy, siyosiy, diniy va h. k. deb ham guruhlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy me’yorlar va insonlarning ulardan og‘ittgi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo‘lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy og‘ittg esa upish o‘sha jamiyatda salbiy sifatlar ta’sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishi, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o‘rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogikada bupi «tarbiyasi ogir bolalar» deb yuritishadi. Ya’ni bu bolalarning xatti- harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me’yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday ijtimoiy og‘ishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qa- ratilgandir.
Chekinish (og‘ish) nazariyasi.
Odob-axloq me’yorlari va ulardan chekinish yoki otit hollari borasidagi to‘plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen.
Insonlarning hayotdagi har qanday «ogish» hollari ularning potensial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqotga kirishishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Insonda ro‘y beradigan bunday holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko‘plab fan sohalari o‘zlarining spesifik xususiyatlaridan kelib chiqib o‘rganadi, bu borada o‘z nazarshglarini boyitib boradi. Masalan, tibbiyot fani me’yorlardan chekinish holatini bolalarning patologik sog‘ligining buzilishi bilan bog‘liq deb baholaydi. XIX —XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo‘lmaganda elementar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda tutdi. Bupla y insonlar ma’lum tayyorgarlikdan o‘tib, o‘zlari uchun o‘zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk bo‘lmasligi mumkin edi.
So‘ngra chekinish holatiga tushgan insonlarga nogiron (kuchsiz, ojiz) sifatida k/lrapg vujudga keldi. Bu nazariyaga ko‘ra imkoniyatlari cheklangan insonlar mugloqsog‘lom insonlar nazorati ostida bo‘ldi. Bupll y insonlarga yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modeli o‘rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi psixotahlilga suyandi. Bu modelga ko‘ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o‘z haq-huquhlarini talab etishdi va bu talab o‘z sog‘liklarini tiklashdan ko‘ra, jamiyat a’zolari bilan o‘zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo‘ldi.
Ijtimoiy-pedagogik tashxis haqida umumiy tushuncha
Tashxis deganda avvalo, ob’ektning ahvolini aniqtash va belgilash nazarda tutiladi. Biz tibbiy, psixologik va pedagogik tashxis kabi tushunchalar bilan tanishmiz. Ijtimoiy pedagogik tashxis jarayoni esa biz uchup yangi soha hisoblanib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling