Ijtimoii pedagogika
Download 2.21 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfi bor oilalar guruhi
- Notinch oilalar.
- Assotsial oilalar.
Mustahkam oilalar o‘z vazifalarini bajara oladilar; ijtimoiy pedagog yordamiga deyarli muhtoj emas. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni moddiy, psixologik va boshqa ichki imkoniyatlarga asoslangan qobiliyati hisobiga o‘z bolasining talab-ehtiyojlariga tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash, rivojlantirish masalalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Muammolar paydo bo‘lgan hollarda ularga ijtimoiy pedagogning bir martalik yordami (maslahati) yetarli bo‘ladi.
Xavfi bor oilalar guruhi mavjud qoidalardan bir qancha chetlanishi bilan ifodalanadi (kam ta’minlangan oila va shu kabilar). Bular oilaning moslashish qobiliyatini pasaytiradi. Ular bolalarni tarbiyalash vazifalarini o‘zlarining imkoniyat darajasida bajaradilar, shuning uchup ijtimoiy pedagog oila holatini kuzatib borishi kerak va kerak bo‘lganda o‘z vaqgida yordamini taklif etishi zarur. Notinch oilalar. Bu hayot faoliyati biror bir sohasida yoki bir vaqgda bir nechtasidan past ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalar masalan, oila daromadi past darajada, yomon psixologik muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilada tarbiyalash jarayoni katta qiyinchiliklar bilan o‘tadi va natijasi kam bo‘ladi. Bui lay turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol davomiy yordam kerak bo‘ladi. Assotsial oilalar. Ota-onalar xulqi yomon, qonunga xilof ravishda hayot kechirayotgan oilalardir. Bu oilalarda yashash-turmush sharoitlari eng oddiy sanitar gigienik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim shug‘ulanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och bo‘lib, tengdoshidan rivojlanishda ortda qoladilar, ota-onalar, boshqalar tomonidan ham jabrlana- dilar, ijtimoiy pedagoglarning bui lay oilalar bilan ishlashlari, hukuqpi himoya qilish organlari hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda ish olib borishlari kerak. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling