Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
Bevosita bolaning o‘zi bilan olib boriladigan ishlar;
Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lgan ijtimoiy ta’lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta’lim — bu bolaning ijtimoiy- lashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta’lim — bu ijtimoiy sohada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining ob’ekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga muhtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruhiy, ijtimoiy nuqsoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruhiy yoki aqliy shakllanishi buzilgan bolalarning katta qismi (ko‘zi ojiz, kar-soqov, aqtiy ojiz bolalar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mehriga muhtojdir.
Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa, unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bo‘lmaydi. Bordi-yu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa, u holda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyati mazmunini to‘liqroq tasavvur qilish maqsadida upish pedagogik faoliyat bilan qiyosiy jadvalini ko‘rish mumkin.
Kasbiy
faoliyat
|
Faoliyat
maksadi
|
Faoliyat
xususiyati
|
Faoliyat
ob’ekti
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |