Ijtimoii pedagogika


Download 2 Mb.
bet4/144
Sana03.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1149288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Turmush — shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta’lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya’ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan Shaxsjamiyatga «kirishib keta olein». Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma’lum sabablarga ko‘ra «jamiyat tan olmagan», «sotsiumga kirisha olmagan» shaxslarning o‘z yo‘lini topib ketishi uchuy ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarblik holati kasb etib, Rossiyada 1960 —1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab kutubxonasi xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borigsdi. Qator chet mamlakatlarda esa 1970—1980 yillarda bu ijtimoiy talab muammoni hal etishning yangi yo‘nalishlarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to‘plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi o‘zgardi. Shu asosda ijtimoiy muhitni pedagog- lashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo‘lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, bog‘cha kabi ta’lim- tarbiya maskanlari shug‘ullanadi, degan fikr jamiyat a’zolari ongida o‘rnashib qolgan. Demak, ta’lim-tarbiya bilan shug‘ul- lapuvchi fanlar va o‘quv muassasalaridan farqti o‘laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari bilan bog‘likdir. Shuning uchuy ham u juda ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ularning asosiylari: Pedagogika — Psixologiya — Sotsiologiya — Tibbiyot — Biologiya — Genieologiya hamda filosofiya — Mantiq — Iqtisod — Tarix — Etnografiya fanlaridir. Kelgusida bu tartib, yangi ilmiy izlanishlar va o‘quvchi—talabalar takliflariga binoan to‘ldirib boriladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shu- g‘ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muhim yo‘nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti Shaxsbo‘lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og‘ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeta esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika fanining tarmog‘idir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, kdsriyatlar, me’yorlar, xatgi-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.
Savol va topshiriqlar:

  1. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi nimadan iborat?

  2. Ijtimoiy pedagogikada qapday atamalar mavjud?

  3. Ijtimoiy pedagogika funksiyalari haqida fikr yuriting.

  4. Ijtimoiy pedagogika qaysi fanlar bilan hamkorlikda ittg ko‘radi?

Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafaning tarkibiy qismi sifatida Ijtimoiy falsafa, Shaxsva jamiyat, sotsial-utopistlar.
Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat, jamiyatda insonlar munosabatlari muammosi haqidagi fan. Jamiyatdagi inson, ijtimoiy muhitdagi inson, ijtimoiy adolat va inson himoyasi — bular ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari hisoblanib, uning funksiyalari jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy asoslagsdan iboratdir.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling