Ijtimoii pedagogika
Ota va ona birinchi tarbiyachilar
Download 2 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan
- «Janjalkash otaning o‘g‘li urushqoq bo‘ladi»
Ota va ona birinchi tarbiyachilar.
Xalq pedagogikasida oilaga ijtimoiy qadriyat sifatida inson avlodi davom ettirishdagi tabiiy talab sifatida qaraladi. Bolalarga muhabbat — bu juda muhim muammo hisoblanadi. Chunki ona muhabbati sababli ota-onalar ko‘plab tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Hamma xalqning haqiqatli so‘zlarida bolalarga cheksiz muhabbat hissi ifoda etilgan. Bolaning tarbiyaliligi juda qadrlangan. Masalan: O‘zbek maqollarida shunday deyiladi: «Bola qimmatbahodir, lekin yanada simmatlisi uning tarbiyasi». «Bola aziz, odobi undan ham aziz». Xalq otalarning shaxsiy ibrat ko‘rsatishlariga ko‘p e’tibor qaratgan. Otaning yomon odati albatta bolaga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchup «Janjalkash otaning o‘g‘li urushqoq bo‘ladi», deb aytadilar. Ota va onadan tashqari oilada tarbiyachilik vazifasini buvi va buvasi va boshqa qarindoshlari ham bajaradilar. Amalda ular noma’lum xalq pedagoglari hisoblanadilar. Xalq donish- mandlari dodalar (buvalar) va buvilar haqida ertaklar to‘qi- ganlar. Hozirsh zamonaviy sharoitlarda milliy ananalar rivojlan- moqda, takomillashib, boyib bormoqda. Ana shularning o‘zi xalq pedagogikasining amaldagi, hayotiyligi ko‘rinishidir. Xalqhar doim yosh avlodga Vatanga muhabbat, halollik, to‘g‘rilik, kamtarlikni singdirishga intiladi. O‘zbek oilasini ma’naviy ana’nalarini o‘rganib, xalq pedagogikasi tadqiqotchilariAK Mi- navarov, O. Musurmonovalar o‘zbekona tarbiyada birinchi o‘rinda xalqqa, o‘z davlatiga xizmat qilishni qo‘yadi, degan xulosaga keldilar. O‘zbeklar bolada halollik, adolatlilik hissini tarbiyalashga juda katta ahamiyat beradilar. Halollik, adolatlilik o‘zbeklar tomonidan yuksak ma’naviy sifat kabi baholanadi. Fuqorolik hissi, jonajon Vatanga ixtiyoriy xizmat qilishga intilish o‘zbek xalq pedagogikasida yaqqol ifodasini topgan. Xalq tarbiyachilari ijtimoiy tarbiyaning o‘ziga xos shaklini topdilar va o‘rnatdilar. O‘zbekistonda jamoatchilik tarbiyasini mahalla bajaradi. Ularning aholini an’anaviy ravishda jamoatchilik turmush i va jamoatchilik o‘zaro yordam qoidalari bilan bog‘langan. Mahalla o‘zining jamoatchilik markaziga ega, unda choyxona, ustaxona, masjid, kichkina bozorchasi bor. Mahalla jamoatchiligi turar joylarni tartibga keltiradi, hasharlar tashkil etadilar, o‘smirlarni tarbiyalashga katta e’tibor berib, jamoatchilik tar- tibini kuzatib boradilar. Shuni ta’kidlab aytittg zarurki, bu xalq an’analari bugungi kunda demokratik jamiyat qurish sharoitida faol qayta tiklandi va o‘sib bordi. 2003 yil «Obod mahalla» shiori ostida o‘tdi va bu yili jamoatchilik tarbiya milliy ana’nalarining rivojlanishi uchup ko‘plab ishlar qilindi. Xalq pedagogikasi xodimlari, ana’nalari, prinsiplari amaliy ishlamoqda va zamonaviy sharoitlarda ham yosh avlodning shaxsini tarbiyalash va shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsat- moqda. Xalq pedagogikasi ana’nalari rivojlanmokda va shakllanmoqda, eski ana’nalar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda. Bizning davrimizda yangi ana’nalar paydo bo‘ldi va mustahkam o‘rnashib oldi, masalan, maktabni yoki oliy o‘quv yurtini bitirish munosabati bilan oilaviy tantanalar, balog‘at yottgiga yetittgi, ota- onalarga sovg‘a berish, umumxalq hasharlarida ishtirok etish va boshkrlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling