Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Xristian dinining paydo bo’lishi va uning tarqalishiga ta’sir qilgan omillar


Download 289.2 Kb.
bet39/80
Sana08.01.2022
Hajmi289.2 Kb.
#238575
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Xristian dinining paydo bo’lishi va uning tarqalishiga ta’sir qilgan omillar.

Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o’ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo’lib,bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri keladi.

Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika , Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlik milodning I asrida Falastinda paydo bo’lgan. Uning paydo bo’lishi bundan taxminan 2000 yil avval Falastindagi kichkinagina Iudey qishlog’ida (hozir Vifleem deb ataladi bu qishloq) yashovchi duradgor Iosif nomi bilan bog’liqdir. Milodiy yil hisobi shu sanadan boshlanadi.

Xristianlik ham boshqa dinlar singari kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichida, ijtimoiy hayot sohasida ro’y bergan o’zgarishlarning diniy qarashlar sohasida ifodalanishi sifatida paydo bo’lgan. Tarixiy dalillar shuni isbotlaydiki, Rim quldorlik imperiyasi emirila boshlagan, feodal munosabatlar endigina shakllanayotgan bir vaqtda xristianlikning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Milodning dastlabki yillarida ulkan Rim saltanatida uzoq yillar hukm surib kelayotgan quldorlik munosabatlarining inqirozi kuchaydi.

Milodning I–III asrlarida Rim jamiyatida yoyilgan umumiy tushkunlik, inqiroz shunga mos turli kayfiyat va o’y– xayollarni keltirib chiqargan. Bu norozilik qullarda umumiy nafrat, quldorlarda esa ko’ngilg’ashlik shaklida namoyon bo’lgan.

Biroq, Rim imperiyasi har qanday oshkora chiqishni bostirish uchun hali yetarlicha kuchga ega edi. Azob–uqubatlar chekayotgan va ezilayotganlarning ojizligi ularning diniy tasalli axtarishiga olib keldi. Kishilar boshidan kechirayotgan mislsiz azob– uqubatlar, zulm olami “bag’ritosh dunyoning qalbi” ga aylana oladigan yangi din uchun qulay vaziyatni vujudga keltiradi.

Shu tariqa, xristian dini va uning ilohiy kuchlari tomonidan insonlarni zulmdan ozod qilish haqidagi “xaloskorlik” g’oyalari paydo bo’ldi. Umidsizlik kayfiyatidagi, tushkunlik holatidagi millionlab qullar xristian dinining xaloskorlik g’oyalariga mahliyo bo’ldilar. Shu ma’noda xristian dini (xaloskorlik dini) dastavval qullarning dini sifatida paydo bo’lganligini ta’kidlamoq kerak.

Fransuz tarixchisi Sharl Enshlen bunday degan edi: “Spartak mag’lubiyatga uchraganligi tufayli Iso g’alaba qildi”.

Iso haqidagi rivoyatlarning Rim imperiyaidagi tushkunlikka uchragan qullar orasida keng tarqalganligining ma’lum sabablari bor, albatta. Eronda keng tarqalgan quyosh xudosi Mitra, Yahudiy (iudaizm) dinidagi Muso ham xaloskor edilar. Biroq, ulardagi urushqoqlik kayfiyati, janglarga da’vat etuvchi g’oyalari qurolli kurashdan qattiq aziyat chekkan qul va boshqa mazlumlar manfaatiga mos kelmagan.

Vaqtlar o’tishi bilan Xristianlik hukmron tabaqalar diniga ham aylana borgan. Buning albatta sabablari bor edi: birinchidan, imperiya zaliflasha borgan sari hukmron doiralar (imperatorlar) ham imperiya xalqlarini bo’lib, ajratib yuboradigan emas, ularni birlashtiradigan, bir–biriga yaqinlashtiradigan dinga muhtojlik seza boshladilar. Imperator Konstantin bu dinni qabul qilish bilan Rim dunyosining mutlaq hokimi darajasiga ko’rtaarilish uchun ham u 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko’rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig’ini – Nikey sobori chaqirilgan. Bu soborda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asoslarini tasdiqlaganlar, cherkov qonun–qoidalari yozilgan kitobni qabul qilganlar hamda cherkov tashkiloti tugal holga keltirilgan. Xristian cherkovi davlatning rasmiy cherkovi deb e’tirof etilgan. Cherkov Rim imperatorini xudo yarlaqagan deb e’lon qilgan. Shu tariqa, dunyoviy podsho cherkov yordamida xudoning noibiga aylangan.




  1. Download 289.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling