Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari
Adoli daromadlari va uning tarkibi
Download 195.38 Kb.
|
Minister KURSAVOYA RABOTA.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. O`zbekistonda aholi real daromadlarining o`sishi
1.Adoli daromadlari va uning tarkibi
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi daromadlari shakllanadi. Axoli daromadlari ma’lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog`lig`ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.Aholi daromadlari pul va natural ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 1-rasm. O`zbekistonda aholi real daromadlarining o`sishi Nominal daromad - aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig`ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori. Real daromad - aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari. Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o`zgarishlar sodir bo`ldi. Birinchidan, daromad shakllari o`zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, (ko`chmas) mulkdan, qimmatli qog`ozlardan,[1]180 chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo`shildi. Ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o`zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to`planish va ajralish koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo`ldi. Uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo`nalishi paydo bo`ldi: majburiy to`lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog`ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo`yilmalar shular jumlasidandir. Respublikamiz iqtisodiyotining yanada rivojlanib borishi va aholining turli faoliyat turlari bilan shug`ullanishiga keng yo`l ochib berilganligi sababli aholining pul daromadlari yildan-yilga oshib bormoqda . Download 195.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling