Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari


Kambag`allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy yo`nalishi


Download 195.38 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi195.38 Kb.
#1488614
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Minister KURSAVOYA RABOTA.doc

3.Kambag`allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy yo`nalishi
Kambag`allik nisbiy tushuncha bo`lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog`liq. Ma’lum bo`lgan kambag`allik me’yorlarining asosini, pul ta’minoti ko`rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo`ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko`rinishda bo`ladi.
Kambag`allik - bu hayot uchun muhim bo`lgan birlamchi ehtiyojlarini qondira olmaydigan, ishga layoqatli, ammo o`z naslini davom ettirish uchun yetarli daromadga ega bo`lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatidir.
Xuddi marksistlar g`oyasi kabi, g`arb liberal nazariyasida ham, kambag`allik, shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar bo`lmagandagi holatini anglatadi.
Prezidentimiz aytganlaridek, “Kambag`allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg`otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to`liq ro`yobga chiqarish,yangi ish o`rinlari yaratish bo`yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”.[4] 183
Jahon amaliyotida integral ko`rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi (IRI) qo`llaniladi. “BMT taraqqiyot dasturlari” (BMTTD) mualliflari jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko`rish davri va aholining ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o`rtachasini hisoblab, turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar.
Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo`lsak, kambag`allik tushunchasi va uni hisobga olish turli tashkilotlarda turlicha amal qiladi. Bunda biz Jahon banki va Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan mamlakatlardagi kambag`allik darajasini o`lchashda turlicha qarashlar mavjudligini ko`ramiz.
BMT metodikasi. Kambag`allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar- joy haqini to`lash, suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo`lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag`allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog`liq. Kambag`allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo`linadi. Mutlaq, kambag`allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta’minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.
Mutlaq kambag`allik - daromadlarning umuman yo`qligi yoki shaxsning (oilaning) minimal turmush ehtiyojlarini qondirsh uchun zarur daromadning yo`qligidir. Mutlaq kambag`allik toifasiga ko`proq daydilar, boshpanasizlar va tu kabilarni kiritish mumkin.
Nisbiy kambag`allikniO’zbekiston sharoitida yashash minimumi byudjetidan kam bo`lgan daromadlar miqdori bilan aniqdanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko`rsatkich mamlakat bo`yicha o`rtacha daromadlarning 40-60 foizidan kam bo`lgan daromadlarga nisbatan qo`llaniladi.
Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash, ijtimoiy himoya soxasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag`allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag`al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq.
Jahon banki metodikasi. 1990 yilda Jahon banki ekspertlari kambag`al davlatlarda qo`llanadigan standartlardan foydalanib, dunyodagi kambag`al aholi sonini hisoblashni taklif qilishgandi. 15ta davlatdagi kambagallikning milliy darajasini o`rganib, xarid qobiliyati asosida valyuta kurslarini qo`llagan holda (xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to`plami narxini barcha mamlakatlarda to`g`ri taqqoslash uchun ana shunday qilingan.
Natijada ekspertlar o`rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida kambagallikning eng pastki darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin daromad deb hisoblashdi. Bu ko`rsatkich ilk xalqaro kambag`allik chegarasi sifatida qabul qilindi.
Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli Jahon banki global kambagallik ko`rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko`rib chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2005 yilda bank dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qabul qilingan kambagallik darajasi asosida ana shu ko`rsatkichni qayta hisobladi. Natijada global qashshoqlikning pastki chegarasi 1,25 dollargacha deb hisoblashdi. 2018 yilda bu chegara qayta ko`rib chiqildi va 1,9 dollargacha degan fikrga kelindi.
Bundan tashqari, Jahon banki kambag`allikning o`rtadan past, o`rta va yuqori darajalariga 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlarni kambagallikning yuqori darajalari deb qabul kilingan. Bank mutaxassislari bu ko`rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta’lim olish, sog`liqni saqlash xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik kabi jihatlarni hisobga olmasligini ta’kidlashadi.
O’zbekistan kambag`allikni qisqartirish bo`yicha Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag` yo`naltirilishi ko`zda tutilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mamlakatimizda 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag`al bo`lib hisoblanadi. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so`mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo`lishi mumkin, lekin bir kishi og`ir kasal bo`lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi.
Hozirgi rivojlanish kontseptsiyasi xalq farovonligini oshirish, kambag`allik va kam ta’minlanganlikning o`sishiga yo`l qo`ymaslik zarurligidan kelib chiqadi, shuning uchun Respublikada o`tkazilayotgan islohotlar aholi daromadiga nisbatan moslashuvchan siyosat o`tkazishni maqsad qilib qo`ygan. U ish haqi sohasidagi bozor islohotlarining har bir bosqichida rivojlanish va o`zgarishga, daromadlar mikdoriga bog`liq ravishda maksimal soliqka tortishni qo`llash, kam daromadli aholiga transfert to`lovlar miqdorini ko`paytirishga qodirdir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, O`zbekistonda oxirgi ikki yil ichida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1,3 barobar ko`payibdi, nafaqalar miqdori esa 2 barobar oshibdi. Lekin ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to`lash yoki ular miqdorini oshirish bilan mavjud muammo to`liq yechimini topmagan..Kambag`allikni tamomila yo`qotib bo`lmagan taqdirda ham qisqartirib borish imkoniyati bo`ladi. Bunga asosan 2 yo`l bilan erishiladi.
Birinchisi, kambag`allarda iqtisodiy faollikni uyg`otish. Sharqda bir dono gap bor: “Kambag`allikka yalqovlik qo`shilsa, buning davosi yo`qdir”. Shu sababli kambag`allarni yalqovlikdan forig` etish talab qilinadi. Muhimi, kambag`allarga ishlab pul topib, to`q yashashiga sharoit va imkoniyat yaratish kerak. Shu o`rinda Xitoy faylasufi, daosizm ta’limoti asoschisi Lao Szening xikmatli so`zi yodga tushadi: “Och qolgan insonga baliq bersang, uning bir kunlik qornini to`ydirasan. Agar unga qarmoq berib, baliq ovlashga o`rgatsang, uni bir umr ochlikdan qutqarasan”.
Ikkinchisi, kambag`allarga davlatning va korxonalarning moddiy yordam berishini tashkil etish. Bu vosita zarur bo`lsada, boqimandalik kayfiyatini tug`dirib, faollikka undamaydi. Shu sababli bu yo`l o`zini o`zi boqishga qodir bo`lmagan kishilarga, masalan, nogironlarga va ko`p bolali oilalarga nisbatan saylangan holda qo`llanadi. Ijtimoiy yordam uzoq vaqt ishsiz qolganlar, kasbini yo`qotganlarga ham beriladi.
Bundan tashqari, kambag`allar holatining o`ziga xos xususiyati shunchaki ular «ozgina pul» borligidan iborat emas, balki ular kambag`al qatlamlardir, ular nafaqat qiyin vaziyatdan chiqishga imkon beradigan iqtisodiy yoki malaka imkoniyatidan ham, mahrum.
Shunday qilib, "daromadlar kambag`alligi" ni emas, balki haqiqiy kambag`allik bilan kurashish muammosi, bir tomondan, daromadlarni sarflash xususiyatlari va boshqa tomondan mavjud resurslarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olishdir. Va bu bir xillikdan uzoq bo`lgan hamda ijtimoiy siyosatning tubdan farq qiladigan oqibatlarini keltirib chiqaradigan kambag`allik sabablarini batafsil tushunish zarurligini anglatadi.
Hozirgi davrda kambag`allik chegarasi bir kishi uchun sutkasiga 3,2 AQSh dollari miqdorida belgilangan. Agar bu miqdorni bir kishi uchun bir oyda 96 AQSh dollar tashkil etishini hisobga olsak, O’zbekiston oilalari o`rtacha soni 5 kishini tashkil etishi va bu chegara bir oila uchun 458,9 AQSh dollarini tashkil etishi kerak. Ayni paytda aholining pul daromadlari bilan birga natural daromadlari ham bor. Natural daromadlarni to`liq statistik hisobga olish imkoniyati cheklangan. Demak, O`zbekiston kambag`allik darajasini aniqlashda jahon tajribasini hisobga olgan holda o`zining milliy kambag`allik chegarasini belgilab olishi talab etiladi.
Kambag`allikning salbiy oqibatlari:

  1. Jinoyatchilikning avj olishi. Jinoyatchilik aholining kam ta’minlangan va kam daromadli qatlamlari orasida ko`proq uchraydi, ular ba’zan "ko`p daromad topish" ning oson yo`li, ya’ni jinoiy shakllariga murojaat qiladilar.

  2. Salomatlikning yomonlashishi. Aholining past daromadli qismining sog`lig`iga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. Yetarli darajada ovqatlanmaslik, gigiyena me’yorlari yo`qligi, tibbiy xizmatni o`z vaqtida olish yoki samarali dori-darmonlarni olishga imkon bermaydigan moliyaviy resursl arning yetishmasligi va boshqalar kam ta’minl anganlar orasida kasalliklarning ko`payishiga olib keladi.

  3. Alkogolizm va kashandalikning o`sishi. Ish o`rni, daromadi va yashash sharoiti bo`lmagan odamlar axloqiy ko`rsatmalarni juda tez o`zgartiradilar. Bu, o`z navbatida, turli xil nosog`lom xatgi-harakatlarga olib keladi, ularning eng jiddiy shakllaridan biri alkogolizm va kashandalik qilishdir.

  4. Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi. Kambag`allikning yuqori darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu, eng avvalo, hukumatga ishonchning kamligi, unga suyanib qolishi (barcha ishni qilib berishi kerak, degan fikrga tayanadi) va kam daromadli guruxdarning mavjud muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog`liq.

  5. Aholining umumiy ma’lumot darajasining pasayishi. Daromadi past bo`lgan oilalar ko`pincha o`zlarini o`qish uchun zarur bo`lgan narsalar bilan to`liq ta’minlay olmaydilar: o`quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish. Oddiy o`rta maktablarda ko`plab o`qituvchilar malakasining pastligi jiddiy muammo hisoblanadi.

  6. Ijtimoiy-demografik oqibatlar. Mehnatga layoqatli aholining qishloq joylardan shaharlarga (chet davlatlarga) ishlash maqsadida ko`chib ketishi, u yerda qonuniy (noqonuniy) joylashib qolishga harakat qilishi kuzatiladi. Bu esa aholining qo`nimsizligini vujudga keltiradi. Hozirda ushbu tendentsiya kuchli tarzda namoyon bo`lmoqda. Bunday ichki migratsiyaning asosiy sabablaridan biri qishloq joylarida ish o`rinlarining yetishmasligidir . Kambag`allik qancha ko`p bo`lsa, uning salbiy oqibatlari ham shunchalik ortib boraveradi.

4.Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari


Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo`li bilan muayyan markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruxlari o`rtasida byudjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to`lovlar - kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog`liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish xisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko`rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining o`sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o`sishiga bog`liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo`nalishi aholi kambag`al qatlamini qo`llab- quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda kambag`allikning o`zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini xam o`z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa fakat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi, Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo`nalishlarda amalga oshiriladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda Respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg`arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o`zgartirishda joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro boglash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi - aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va ko`llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo`llab- quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish - ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg`armalarning mablag`laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag`lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag`lari hisobidan maxsus jamg`armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag`batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam ko`rsatish borasida aniq yo`naltirilgan samarali chora- tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog`liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirilmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekistan Respublikasi Prezidentining “O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonida bir qator yo`nalishlarni rivojlantirish ko`zda tutilgan. Jumladan, ushbu farmonning 4-yo`nalishida “ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog`lig`ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo`l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo`yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga alohida e’tibor berilgan.
Sog`liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xu susiy tibbiyot yo`nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko`paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o`tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko`lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion sum yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so`m ko`p mablag` sarflandi.
Qishloq joylarda - 17100 ta, shaharlarda - 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko`p arzon va shinam uylar qurildi.
Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilgxa, jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga ipoteka kredita asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so`mdan ziyod boshlang`ich badal to`lab berildi.
O`tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Ta’lim-tarbiya soxasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy o`rta ta’limdan boshlab o`rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillash tirish ishlari izchil davom ettirildi.
Shuningdek, tadqiqotlar natijasi o`laroq ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini uzluksiz o`qitish. kadrlarga qo`yiladigan kasbiy talablarni ijtimoiy himoyasi bilan shugullanuvchi yagona davlat muassasasini tashkil etish, soha bo`yicha ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish ekspertlar tomonidan taklif etildi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida o`tgan Yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog`chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko`tarildi.
2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o`tgan Yili 19 ta yangi oliy o`quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo`shma ta’lim dasturi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko`p talaba o`qishga kabul qilindi.
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo`llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi

XULOSA



  1. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta’riflash mumkin.

  2. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.

  3. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.

  4. Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o`rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.

  5. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruxlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat.

  6. Aholini ijtimoiy ximoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish - bu narxlarning oshib va pul qadrining tushib ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.




Download 195.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling