Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik


Download 52.09 Kb.
bet15/18
Sana22.02.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1220405
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IJTIMOIY -IQTISODIY EHTYOJLAR

III BOB. UMUMIY XULOSA

Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo bo`ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Szi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo`lishini qo`llabquvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi yerlarni bosib olish). Dehqonlar ro`yxatini o`tkazish, qonun yo`li bilan yig`ilgan don miqdoriga bog`liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. qonun yo`li bilan turli "ishyoqmaslar"ni "yerga qaytarish", ya'ni dehqonchilik bilan shug`ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo`llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro`y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go`yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.a. 351 y.) "Guan-Szi" (m.a. IV a.) asarida ham xo`jalikni davlat tomonidan tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o`rganib, undan xo`jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mexanizm sifatida foydalanish taklif etiladi. Xalq xo`jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g`oyasi ilgari suriladi. Davlat hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo`lini qo`lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa donchilikka alohida urg`u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo`lsalar, bu asarda esa o`sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. "Yerni boshqarish" uchun davlat yerning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog`liq rav ishda) bo`lishi taklif etilgan. Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to`g`risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-kitob bo`lishi qayd etiladi. Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi. Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan. Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o`tiladi. Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg`arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika", "Xrematistika" tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan. Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi.


Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling