Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik
Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY -IQTISODIY EHTYOJLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi.
- 1.1 Ijtimoiy –iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakillari.
Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi. Kurs ishi mavzusini yoritishda
turli ilmiy manbalarda kelgan fikrlarni qiyoslash-taqqoslash, tavsiflash kabi an’anaviy metodlardan foydalanildi. Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishidan taqlid so‘zlar mavzusidagi dars jarayonlarini tashkil etishda, seminar mashg‘ulotlarida va filologiya sohasi bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishining umumiy tavsifi, kirish, ikki asosiy bob, to‘rtta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi 35 sahifadan iborat. I BOB SHAXSIY EHTIYOJLARNING TURLARI 1.1 Ijtimoiy –iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakillari. Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u gumanistik 29 psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir. A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar. A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi. A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart, ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi. A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llabquvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam bergan, deb ta’kidlaydi. A. Maslou ehtiyojlar iyerarxiyasi bo’yicha bixevioristlardan birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin. Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan. Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan: Psixofiziologik ehtiyojlar. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy, jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari – bu ehtiyojlar ma’lum bir guruhga xos bo’lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi munosabatlari, o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi, qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi. A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari sirasiga kiritadi; ijtimoiy mansublik ehtiyojlari – jamiyatda kerakligi va o’z o’rni bor ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do’stlik rishtalari bunga yaqqol misol bo’ladi; Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari – bunga o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga taalluqlidir; o’zini namoyon etish, o’zidan iz qoldirish ehtiyojlari (yuksalish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shartsharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga olinadi. A. Maslouning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir. Har bir inson bir marraga kelgandan so’ng darhol ikkinchi bir marrani mo’ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan takrorlanaveradi. Hamma yuqori ehtiyoj ko’rsatgichlari qat’iy iyerarxik to’zilishlar orqali amalga oshadi. A. Maslouning fikricha, ehtiyojning yuqori pog’onasi, qachonki ehtiyojning pastki pog’onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”) qondirilgandagina yuzaga chiqadi. Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi. Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi, degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum bo’ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivasiyasi keng ko’lamda aniqlanadi. O’z qo’l ostidagilarni to’g’ri yo’naltira olishi, ularning muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin. A. A. Maslou motivasiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo’lib qoldi. Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik burchining yaxshi ado etilishi misollarida ko’rish mumkin. O’zini o’zi ro’yobga chiqarilgach, shu jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi. V. M. Karimova, B. T. Abdug’afforov, F. A. Akramovalarning fikricha, motivasiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. To’zilish jihatidan turtkilar ikki xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi. Ko’pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat qilish istagi foyda olish yoki foyda tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu orqali boshqalarga yordam beradi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling