Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


-MAVZU: Biznes huquqi va biznes huquqiy munosabatlar


Download 1.93 Mb.
bet3/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

1-MAVZU: Biznes huquqi va biznes huquqiy munosabatlar
Reja

  1. Biznes huquqi tushunchasi va belgilari

  2. Biznes huquqining tamoyillari va manbalari

  3. Biznes huquqiy munosabat tushunchasi va belgilari.

4.Biznes huquqiy munosabat turlari.
Maʼlumki, huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq maʼlum tarmoqlarga boʻlinadi. Masalan, oila huquqi, jinoyat huquqi va h.k. Biznes huquqi ana shunday huquq tarmoqlaridan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi huquq tizimining konstitutsiyaviy, fuqarolik, jinoyat va boshqa mustaqil tarmoqlaridan biri sifatida biznes huquqi ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Lekin qanday ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi? Biznes huquqi tushunchasi mazkur huquq sohasiga doir huquqiy normalar orqali tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan tashkil topgan. Biznes huquqi korxona, birlashma, tashkilot va muassasalar oʻrtasida va ularning boʻlimlari bilan boʻladigan biznes faoliyatini amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qilishda tashkil topadigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqning alohida tarmog’idir. «Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning entsiklopedik lug’atida quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik - (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta`qiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslaxdt berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak.
Biznes (inglizcha – business) – tavakkalchilik va oʻzining javobgarligi ostida xususiy yoki qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi foyda olish va oʻz faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling