Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Biznes sub’yektlari turlari


Download 1.93 Mb.
bet7/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Biznes sub’yektlari turlari

  • Biznes sub’yekti sifatida yuridik va jismoniy shaxslar

  • Kichik tadbirkorlik subʼektlari

    Eng avvalo tadbirkorlik (biznes) subʼektlari kim degan savolga javob berishimiz kerak. Mamlakatimizdagi amaldagi Qonunlarga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatining subʼektlari (tadbirkorlik subʼektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
    Biroq, Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun xujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirbarkorlik faoliyatining subʼektlari bo‘lishi mumkin emas.
    Tadbirkorlik (biznes) huquqi subʼektiga qo‘yidagicha tushuncha berish mumkin: Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, o‘zining mulkiga, tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan, o‘z faoliyati yuzasidan mustaqil davogar va javobgar bo‘la oladigan va o‘zining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olganlar) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning tizimlari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi – yakka tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlik huquqiy munosabatlarida ishtirok etayotgan davlat va uning vakolatli idoralari hisoblanadi.
    Nazorat savollari

    1. Biznes huquqiy munosabat nima?


    2. Biznes huquqiy munosabatlar necha turga boʻlinadi?
    3. Biznes huquqiy munosabat subyektlari kimlar?
    4. Biznes huquqiy munosabatlar nimalardan kelib chiqadi
    5. Yuridik shaxs kim?
    6. O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab jamoat tashkilotlari faoliyat yuritadi bular qaysilar?
    7. Oilaviy tadbirkorlik qanday tashkil qilinadi?
    8. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari nimalardan iborat?
    9. Kichik biznes subyektlari tarkibini izoxlang?
    10.
    Topshiriqlar
    1997-yili kollejda birga tahsil olgan do‘stlar Internetdan har qan day ma’lumotni topib bera oladigan algoritmni yaratish g‘oyasi bilan qiziqqan vaqtlarida buning nima bilan yakun topishini, hatto tasavvur ham qilmaganlar. Bu vaqtda ular yaxshi ta’lim olishga intiluvchi yosh talabalar edilar. Algoritm yaratish ustida ishni davom ettirish uchun vaqt yetmagani uchun ular o‘z ishlanmalarini «Yahoo» kompaniyasiga 1 mln. dollarga sotishga qaror qildilar. «Yahoo» bilan savdolashish narxi 500 ming dollargacha bordi, biroq oxir-oqibat algoritmni sotishdan voz kechdilar. Yigitlar algoritm ustida ishlashni davom ettirdilar. Natijada hozirda qiymati 250 mlrd. dollarga baholanayotgan qaysi kompaniyasi tashkil topdi? «Google» kompaniyasi tashkil topdi.


    Download 1.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling