Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Download 1.93 Mb.
bet54/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Tashqi muhitning o`zgarishi bashorati. Bugungi kunda dunyoda parfyumeriya va kosmetika ishlab chiqarish «AVON», «Procter g` Gamble» kabi bir nechta yirik kompaniyalar qo`lida mujassamlashgan bo`lib, ular dunyo miqyosida kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishning taxminan 70%i va bu mahsulotlar savdosining 80%ini nazorat qiladi. YAngi mingyillikda insoniyatning go`zal va maftunkor qismi kosmetik talvasasidan qutilishi amrimahol, shuning uchun tashqi muhitning o`zgarish bashorati optimistik va «FABERLIC» kompaniyasining rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi.


«FABERLIC» kompaniyasi marketing maqsadlarini aniqlash mezoni sifatida qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo`gan kompaniya resurslaridan foydalanish samaradorligi ko`rib chiqiladi. Samaradorlik deganda eng kam resurslardan foydalanib, eng jalb etuvchan maqsadlarga erishish tushuniladi.
Tuzilgan SWOT-tahlil matritsasidan ko`rinib turibdiki, «FABERLIC» kompaniyasi uchun rahbariyat ularga erishish uchun kuchli tomonlarni rivojlantirishga zarur resurslarni sarflaydigan maqsadlar birlamchi, aynan oladigan bo`lsa – sotuv kanallari sonini oshirish va kosmetika mahsulotlarini o`sib borayotgan bozor segmentlarida yangi iste`molchilarga tomon harakatlantirshi ahamiyatga ega bo`ladi.
Marketing strategiyalarini aniqlash.
Bugungi kunda «FABERLIC» korporatsiyasining marketing strategiyasi – o`z mahsulotlarini bozorda faol harakatlantirish hisoblanadi.
Bu maqsadda kompaniya mutaxassislari, shuningdek¸ mustaqil ekspertlar tomonidan O`zbekiston bozori, uning qonunchilik xususiyatlari va iste`molchilar manfaatlarini detalli o`rganish o`tkazilmoqda.
Tahlil barcha bozor o`zgarishlarga moslashuvchan javob qaytarishga, iste`molchilar talabini optimal qondirish uchun o`tkazilayotgan siyosatga o`zgarishlar kiritishga imkon beradi. Bozorga zamonaviy kosmetika vositalarining optimal tanlab olingan, muayyan iste`molchining muayyan muammolarini hal etishga imkon beradigan kollektsiyasi taqdim etilmoqda.
Kompaniya maslahatchilariga o`z biznesini tez va samarali ochish va rivojlantirishga imkon beradigan ajoyib kosmetik mahsulotlar va moslashuvchan marketing taklif etilmoqda.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling